Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

UMS’ning nomi Mobiuz deb o‘zgartiriladi


Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatori 2019-yilda Mobiuz savdo belgisi ostida faoliyat ko‘rsatadi. Kompaniya bayonotiga ko‘ra, u o‘z savdo belgisi va brend qadriyatlarini yangi zamon talablariga moslashtirib yangilamoqda. Rebrending kompaniya faoliyatida kechayotgan katta o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liq.

UMS so‘nggi vaqtlarda yangi rivojlanish va rag‘batlantiruvchi omillarga ega bo‘ldi. Xususan, Prezidentning 13-dekabridagi farmoniga muvofiq, kompaniya joriy faoliyati bilan bir qatorda davlat xizmatlari operatoriga aylandi. Unga hukumat mobil aloqasi va “kriptografik himoyalangan ilk milliy UzChat messenjeri”ni tatbiq etish vazifasi yuklatilgan. Bundan tashqari, UMS platformasida Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimi, davlat sektori uchun blokcheyn yechimlar, aholi uchun raqamlashtirilgan davlat xizmatlari yaratilmoqda.

Undan avvalroq, Prezidentning 21-noyabrdagi “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, UMS’ning oldiga O‘zbekiston hududini bosqichma-bosqich rivojlangan mamlakatlar darajasida Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplash, barcha davlat xizmatlarini faqatgina o‘z ma’lumotlarga ishlov berish markazlari orqali ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan edi.

“Bunday sharoitlarda kompaniya rebrendingi yangi o‘zgarishlarga javob berishi, qadriyatlarni ifoda etishi, ma’noli va g‘oyaviy mazmunga ega bo‘lishi va shu bilan birga idrok etish uchun sodda bo‘lishi lozim”, — deyiladi kompaniya bayonotida. Shundan kelib chiqib, UMS mobil operatorining savdo belgisini Mobiuz deb o‘zgartirishga qaror qilingan. Rebrending ishlari dekabrda — nom tanlash, xos ranglarni va brendning boshqa belgilarni ishlab chiqishdan boshlangan.

UMS’ning bayonotiga ko‘ra, 2019-yil operator uchun “kompaniya abonentlari va mijozlariga, shubhasiz, faqat ijobiy jihatdan ta’sir qiladigan amaliy o‘zgarishlar davriga aylanadi”. “Davlat xizmatlari operatori sifatida, UMS kompaniyasi aholining raqamli xizmatlar, yuqori tezlikdagi Internet va xamyonbop servislarga bo‘lgan talabini imkon qadar to‘la qondirish yo‘lida zarur barcha ishlarni qiladi”, — deyiladi kompaniya bayonotida.



Manba:daryo.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 5427 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mobiuz, UMS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное