Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

“UNITEL” va “COSCOM” MChJlarga nisbatan ma’muriy jazo choralar qo‘llanildi

Mobil aloqa xizmatlari sifat ko‘rsatkichlarini buzganligi va radiochastota hamda radioelektron vositalaridan noqonuniy foydalanganliklari uchun 2015 yil 27 noyabrda “UNITEL” va “COSCOM” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo choralar qo‘llanildi. Bu haqda Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Xabarda keltirilishicha, Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘rsatilayotgan mobil aloqa xizmatlarning salbiy holatlari yuzasidan 4 ta mobil aloqa operatorlarga tarmoq rivojlanishtirishda uzoq muddatli va tegishli choralar ko‘rilishiga e’tibor qaratishlari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
Ammo “UNITEL” va “COSCOM” MChJ mobil aloqa operatorlarning ish faoliyatida abonentlarga uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tezkorlik bilan o‘z vaqtida va to‘laqonli qarorlar qabul qilish ishlari hamda radioelektron vositalardan noqonuniy foydalanishning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar etarli darajada emasligini inobatga olib, Inspeksiya mazkur kompaniyalarga o‘z faoliyatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish va mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va normativ hujjatlari talablariga muvofiq ishlarni tashkil qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va normativ hujjatlari talablarini bajarishni ta’minlash maqsadida va mobil aloqa xizmatlari sifat ko‘rsatkichlarini buzganligi va radiochastota hamda radioelektron vositalaridan noqonuniy foydalanganliklari uchun 2015 yil 27 noyabrda “UNITEL” va “COSCOM” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik kodeksining 152- moddasi, 1- qismi (radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurimalardan foydalanish tartiblarini buzish) va 153- moddasi (aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat tarmoq standartlarini buzish) talablariga asosan ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.


Manba:kun.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 4746 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ma’muriy jazo, COSCOM, Unitel, va, choralar qo‘llanildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное