Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

"Ursa ham yashay deymanu, faqat qaynonam bilanmas"mush!
Barchamiz uchun qiziq, faqat haftaning yakshanba kuni chop etiladigan hikoylarimiz davom etadi. Bugun sizlarga yana bir inson haqida ma'lum qilamiz. Marxamat Yakshanba muxlis minbari davom etadi...

Asalomalekom xurmatli sayyod sardor kamilov muxlis minbariga maktub yollashimga sabab juda qiyin vaziyatdaman.

1992 yil toshkent shaxrida ishchilar oilasida dunyoga kelganman. Xojeynim bilan 2012 yilda oila qurganmiz hozirda 1 oglimiz bor. Man kelin bolib tushganimdan keyin 2 oy juda yaxshi yashadik man xomilador boldim lekin xomilam 1 yarim oyli paytda nobud boldi. Xammasi shundan keyin boshlandi qaynanam siz xomilador bomaganidiz aldadiz dib gapirvurdila xomilam nobud bolganida xojeynim qaynanam xam doktrga oborishmadi 2 kun uyda yuromasdan yottim. Ozimga keganimdan keyin ishga chiqtim dizaynerli soxasida dars berardim.

Oradan 1-2 xafta otip qaynanam ishtan boshen baribir dikretga chiqsez dikret puli bermyapti xichqatta dib ishtan boshatishdi. Xojeynim 2 oydan keyin ishtan boshadila shu bn uyimizdan ursh janjal arimi qoldi san tugmisan kasalsan dib xojeynim uradgan odat chqardila qaynanamam man 4 ta ogil tugip qoyganman dib mehmonlani oldida kesatishi boshladila xojeynim xar kuni ichip kelip ursh qladgan boldila ona xaydavorin nma qlas buni bu tug'midi tug'omidi dib urardila qaynanam indamastila ursalayam, oxiri manam gap qaytardim voxtida doktrga oborganilada bolam nobud bomasti dip, ota onammi chaqirtirdim mani uyga opketshdi lichenya oladi dib. erim bir ogiz tuzumisan nma boldi dib xavar omastila xar ichganlarida onam uchun majbur uylanganman sanga dirdila.
lichenyalarimmi olip 1 oydan keyin uyga kettim erim xaliyam ozgarman uha usha axvol bir kun kampyuter yoquligida qarasam bitta xotin bn gaplaship otrganakanla indamadim oxiri surishtirip korsam u bn oldindan gaplaship yurisharkan shu paytgacha, u ajrashgan 1 ta ogli borakan shundayam indamadim ota onam sinilarim uchun yashavurdim ertaga ota onami boshligi egilmasin dib, lekin yana xojeynim ertalap keldila ichip kofe tayarlaber didila choy qaynatip opkegunimcha san manga tez opkemadin dip taloq digan gappi etiila, qaynanam keyin mani ketin uyizga endi yashamen dip ketqizvormoxchi boldila, man ketmiman xichqaqqa disam gap qaytarvosan dip erimga urdirdila, onamga tel qilip ettim nma qili shunaqa boldi disam xasti imom masjidiga tel qilip gaplashiptila. onam man erim qaynanam bordik birga domla tushintirdila xammasini qachonki ayoliz boshqa bn bosagina etishiz kere bu sozzi xozir ayolizzi ozizga xarom qip qoyibsiz dip boshqattan nikox oqittirdik. yana uyga qayttik

1 yil otip xomilador boldim banisaga yotip chiqtim qaynanammi tugilgan kunlaridan oldin banisadan chiqtim, ishlarimmi qilip mehmonlani kutip oldik va 2 kundan keyin xojeynimmi chaqirip qaynanam mehmonlani oldida uyaldim onasi gilam opkepti yaxshiro narsa opkemapti dip rassa gapirdila, xojeynim kirganlaridan keyin manga gapirdila onam yomon narsa opkemadila qimmat gilam opkeganla didm, keyin yana urdila qaynanam eshini tegida gaplarimizi eshitip turganakanla spalniga kirip kechqurun xojeynimmi chqarvordila boshqa xonada yot dip , keyin manga sani 10 ta bolen bosayam bu uyda xich kimmassan bu uyda man xojeyinman shuni bilvogin san kochadan orttirgansan ertaga uyinga ketgin dip ettila, ertalab voxli turip kettim uyimga, shu bn 6 oy otti na xojeynim va na qaynilarim xavar olishti oxiri erim tel qilip kesen ke man opketmiman sani didila. onam opkeptashadila farzandini oyla dib, yana oldingi xol boshlandi xojeynim ertalap sogot 4-5 da kirip kelala, qaynanam tinmi padezlani 2 maxal sipirtilalla 3 etajdan 1 etajgacha, xomilam 8 yarim oyli payti qaynanam etgan ishlarini qilish esimdan chiqip qogan payt qimadi dip urdidardila xojeynimga, doktrga borsam voxli tug'ip qoyasiz dib rassa tayinladi farzandiz og'il asren ozizzi didi. shu bn 8 yarim oyda farzandim tugildi xamma xursan boldi voxt otti banisadan chiqtik chilla paytta qaynanam bolaga pampers taqmen dip urish qildila, onammi chaqirip ish qimyapti didila, chunki farzandimmi dunyoga keltrvotganimda qiynalganim sababli yuromaganidim, sinim kep uy ishlani qilip ketardi, xojeynm ertalap kelardila xaligacha shu odatlari qomagan ichip kelip urardila, chidadim onam chidabtur chillen chiqvosin chillalisan dirdila, chillamiz chiqip uyga borgan kunimiz xammayogim kokarip ketganidi, xolm ammalarim korip xayron bolishti onam korip yegladilla rasa, keyin shu bn erimga insofini sorap yashadim.

bolam xozi 1 yoshda xojeynim qol kotarsala otip ketardi 1-2 kunda lekin qaynanammikiga chidomadim xojeynim urganlariga oxiri chidomadim uyga ketaman dib narsalarimmi yegishtirip ketvotgan paytim qaynanam bolammi op qoyip xaydadila ket dip, bolammi berishmadi bolam emizuli oxiri zorga olip yugirip ketvotganimda padezda orqamdan yugirip kelip qaynanam sochimdan tortip sudrap opkirip ketvotila, qaynatam qolimdan tortvotila qolimda bolam yeglap yotipti erim urvotila belimga oxiri onam bn adam kelishtide opketishti, xozir qizli uyimdaman, xojeynimmi yaxshi koraman, bomasam oldin ajraship ketardim, xam bolammi otasi, yashashi xoliman, qaynanam qigan ishlaridan keyin u uyga borip yashomiman xojeynimmikiga chidiman lekin qaynana qaynatam qigan ishlari yosh bolani ishimasmi?

Qaynilarim kochadan qiz topip uylanvolishgan ikkalasiyam umuman uyga kelishmidi kotta qaynim 30 yosh bolasiyam bor kelin bolib tushganimdan beri kemidi uyga kichkinasi 28 yosh uyam kemidi uyga 2 yildan beri, en kichkina qaynim 24 yosh u biza bn yashidi ulani uyli joyli qilishsa boladiku faqat mani xorlamastan, man ozimmi oppo dimiman manam erim urgandan keyin jaxlim chiqadi gap qaytaraman, urvurganidan keyin jon jonisdan otip ketadi yana qaynana qaynimmi oldida ursa, bolamga faqat onam adajonim kiyim, yeb ichishiga narsala oberishadi, ichadgan smesiniyam ota onam oberishadi , pampersiniyam, mayli erim ishlamidila xop chidab otirimmanku, erimga obermyapsiz qibermyapsiz dimimanam, onam etma xishnarsa hayotta boladi ozimiz qiberamiza dilla.

uymga keganimga 1 oy bovotti, yaqinda oglimiz 1 yoshga toldi , xojeynim tugilgan kuniga kemadila. tugilgan kuni otgandan keyin 1 xafta otip keldila, oglimmi korishga keldim dip, keyin yana 3 kundan keyin keldila, opketaman yur dib, yashilu didila. man yashagim kevotti erim bolam oldimda bolishsa xar doyim, lekin umuman ajraship ketgim kemyapti, qaynanam yashatmasalachi, yana usha uyga borgim, usha otgan azobla xorlashlani eslagim kemyapti . xurmatli sardoraka nma qili nma qisam tori ish qilaman maslaxatilani kutip qolaman oldindan raxmat kottakon.


Sayyod:- Шуям хаётми? Туққунингизгача нимага калтакка рози бўлиб келдингиз? Шунча нарса ўтибдию чидаш мантиғи тушунарсиз. Туғишгача олиб бормаслик керак эди ва шартта ажрашиш керак эди. Пиёниста, урадиган ва камига оилани еб-ичиши хақида ўйламайдиган эрни фақат туғдириши учун чидаб яшаш керакми? Бошқа эрлар туғдира олмасмикан?

Сабабни қайнонам деяпсизу бироқ калтак тагида яшашга ва ароқхўр ишёқмас билан яна яшашга розисиз... Эрингиз ичмаганида ва урмаганида бу холат юзасидан "амаллаб алохида квартира олиб чиқиб кетинг" деган маслахат менимча ўринли бўлган бўларди. Аммо ишламайдиган, урадиган ва ичадиган эр билан яшагандан кўра бир умр ёлғиз яшаб ўтган маъқул!

Тўғрисида, бу нима хаёт? Энди эр экан, оила деб шу қадар ахмоқона чидаш шартми? Шу оилами? Нимаси оила? Эр ишёқмас, пиёниста ва аёлдан хам бешбаттар кучи ожизага етган галварс бўлса пффф... Хаётда энг энг пасткаши бўлган қўрқоқ аёлга қўл кўтарган эркакдир!

Фарзанд учун яшайман дейсизми? Нима тарбияда катта бўлади бола бечора? Психикаси тамом бўладику катта бўлгунича. Қуш уясида кўрганини қилади, эртага уям эрингиздака бўлишини истайсизми?

Мани фикрим ажрашинг! Нормал ва адекват эркак аввало оилани боқиш учун ишлаши шарт! Уят шунча нарсани ота онангиз қилиб берса... Нима қилибди ишламаса, бу бахона эмас, харакат қилсин! Ароққа пул ва вақт топиларканку. Ана кўча тўла иш, супермаркетларда юк ташувчидан тортиб, кафеларга ишчилар керак деган эълонларни кунда кўраман. Ишлайман деса иш қирилиб ёибди! Оилам болам чақам деган одам кўча супуриб бўлса хам пул топади! Эрингиз холатида эса бефойда тушуняпсизми? Шунчаликка олиб келган экан ва аёлни уриб хўрларкан у фарзандингизга муносиб ота бўла олмайди!

Болани бундай мухитда катта қилишга иккингизни хам хаққингиз йўқ! Ота онаси бўлган тақдирда хам хаққингиз йўқ! У энди алохида бир шахс! Ўз тақдири ва келажаги билан! Фарзандни келажагини захарламанг! Ундан кўра отасиз ўссин. Лекин шунга яраша шўрлик бола тинч ухлайди.

Ўзингизни қўлга олиб иш топиб, ишга киринг, фарзандингизни соғлом катта қилиш устида харакат қилинг. Хаётингизда яхши эркак топилса, аввал яхшилаб синанг ва турмушга чиқинг. Икки-уч болалик аёллар турмушга чиқиб, биринчи эридан фарзандларига ўгай отаси ўз отасидан хам яхшироқ қараётганини нечтасини гувохиман!

Ман хамиша оила сақлаш тарафдориман, бироқ сизни холатингизда эмас! Шунча пайт уриб келган барибир ураверади. Агар ўзингизга ёқаётган бўлса ва садомазохистка бўлган тақдирда хам буёғига фарзандни ўйлаш керак! Ичишини ташлару аммо шу пайтгача оила масъулиятини хис этмаган эркакка буёғига қандай ишониш мумкин?

Бу мани шахсий ва субъектив фикрим эди, изохдагилар нима деркин...

by SJ | with Tarona.net


Manba:Sayyod.com

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 9839 | Комментарии: 14 | Рейтинг: 2| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 14
bibijon Maraz ekan qaynonez. Erizzi buzib nima foyda topvottila twunmadim... har bir odam fikri bn yurgani yaxshi turmuw ortoğiz òz fikri tayanmagan.
Like | 0
marshal Маслахат сўрабсиз? Маслахат шуки, иложи бўлса ажрашинг! Минг севсаез ҳам турмуш ўртоғиз фарзандизга ота бўлишга муносиб эмас!
Like | 0
Salamathan93 To'g'ri endi erizni o'zgartip bomoydi erizni yaxshi ko'rganiz bilan xech narsa o'zgarip qolmaydi faqat o'g'ligizni azoplagan bolasiz vaxti kelip o'g'lingiz sizni tushunadi xozir maslaxayim ajrashing shu paytgacha otavonagiz yordam bergan bolsa bundan buyogiga xam yordam beradi lekin siz xam xarakat qiling tushkunluka tushmasdan endi faqat o'g'lingiz uchun yashang
Like | 0
fa nima siz 6zizi qadrizi bilmisizmi? Yahwi köriwga balo bormi? Eriz ururib mayib qib q6ysa etagizdigi bolani kim 6ylidi? Mexr k6rmi 6sgan bola ertaga qanaqa odam b6ladi? Sizi vaziyatizda allaqa4on erizi ustidan yozvorgan b6lardim. Bolaga yahwi muhit yahwi tarbiya k.k!
Like | 0
zayka92j93 Хали ешсиз хамма успеть килас, эрга тегишга хам бола ортиришга хам олдин эризди кузини очингчи маъни булмаса буегига сизга факат омад омад омад тилайман факат тоза юракдан Оллохдан узиз учун бир нима сурасаиз у нарсани дарров бермайди, узга учун сурасаиз узизникидан олдин бераркан хаммаси узизга боглик бу мани яна колганларни хам эшитиб куринг
Like | 0
zayka92j93 Сиз онаиздикида колиб шу ишни ортидан булинг эркак киши минг алкаш бусаям зуриеди уни кузини очади
Like | 0
zayka92j93 Ман бу фикрга кушиламан дарров ажралишди маслахат бермаган булардим углим бор деяпсиз шундай экан икковлашиб эрни кузини очиш керак деб уйлайман
Like | 0
Senyora Tög'ri bolayiz uchunam ajrashishiz kere.bunaqa muhitda katta bögandan köra otasiz katta bögani yaxwi.keyin özisi wuncha xörlatib qöyiwiz keremasdi.xayotga bir marta kelasiz özisni ham öylang.bunaqa xör bölib yawamang siz qancha jidaganiz sari sizi wuncha yerga uriwgan.tög'ri sabrli bölgan baxtga eriwadi dyiwadi ln sizi holatizda sabrli bösazam foydasi yö.hullas mani shaxsiy fikrim ajrawib hayotizi yengittan bowlang wunda hammasi yaxwi böladi
Like | 0
asal_20155 Sizga sabir bersin
Like | 0
aminjon Bunday erkak bilan yashab bo'lmiydi ajrashganingiz maqul farzandingiz uchun ham ajrashing
Like | 0
azamat577 Sizzi sabrzga qoyil qoldim, shuncha xo'rlanishlaga chidab kepsiz. Bunaqa er bilan yashagandan ko'ra (sayyod) etganide ERSIZ o'tganiz yaxshi db o'yliman. O'ziz etvos erim har kuni ertalab keladi db, kim biladi qattan kevotti? Kimmi oldidan kevotti? Ishlamasa? Javobi aniq. Xullas mani maslahatimam AJRASHING! Hayotiz hali oldinda, bir kun kelb o'zizga mosini uchratasiz.
Like | 0
Mohlaroyim Man ham bu fikirga qöwilaman. Örgangan köngil örtansa qöymas deganlariday. Erkak kiwi ayoliga bir marta qöl kötardimi. Bu xolat yana davom etadi. Oilasini moddiy tomondan taminlamas ekan qanday qilib erkak digan nomni kötarib yuribti. Ojiz erkakkina ayoliga qöl kötaradi. Örtada xurmat mehr - oqibat bölmas ekan bu oila parokanda böladi. Bu mani wahsiy fikrim yana öziz bilas.
Like | 0
ulday0303 Ex.x.x.x opa nimaga shuncha payT chIDaDiz hayT bunday erkakga shuyam oTamish...erTaga uyizga ham borarsiz u.u baribir urish odatini qo'ymidi yana uraveradi va ichaveradi xop shu azoblarga siz chidarsiz lekin og'LizGa ham uning tarbiyasiga ham tasir qiladiku bu holat...yaxshisi ajrashing...tog'ri yol shu SaRDoR akaning gapiGa qo'ShiLaman unday yashagandan boLanGiz oTasiz o'skani maqul....
Like | 0
samiya Afsusss noinsofla ko'peyib Ketyabdi. Sabr Olloxim sabrli insonlani yoqtiradilaaa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное