Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tanho malagim - Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Klon-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Qaqnus - Mal De music
. Ayol Qalbi - True Love
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Kuz ertagi-soundtreck
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Uyda yolg‘iz” filmining 15 ta siri

Hozirda “Uyda yolg‘iz” komediyasisiz Yangi yil bayramini tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu afsonaviy film, hattoki, dunyodagi eng kassabop kartina sifatida “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritilgan. Quyida hukmingizga “Uyda yolg‘iz” filmining mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan ba’zi sirlarini havola etmoqchimiz (xabardor.uz ): 
1. O‘g‘rilardan birining rolini ijro etgan aktyor Deniel Stern (Marvin)ning yuzidagi o‘rgimchak haqiqiy bo‘lgan. O‘rgimchakni qo‘rqitib yubormaslik uchun Stern ovoz chiqarmagan holda chinqirayotgandek qilib yuzini burishtirishiga to‘g‘ri kelgan, chinqiriq ovozi esa keyin qo‘shilgan. 

2. Film bosh qahramoni Kevinning akasi Bazzning yaxshi ko‘rgan qizi aslida qiz bola emas, film art-direktorining o‘g‘li bo‘lgan. Uni qiz bolaga o‘xshash qilib grimlab qo‘yishgan. Rejissyor shunchaki haqiqiy qiz bolani xafa qilishni istamagan. 

3. Aktyor Jo Peshi (Garri) oilaviy komediyada suratga tushayotganini unutib qo‘yib, ko‘pincha so‘kish so‘zlardan birini ishlatib yuboravergan. Film rejissyori aktyorga bu so‘kish so‘z o‘rniga unga o‘xshash «fridge» (muzlatkich) so‘zini ishlatishni tavsiya qilgan. 

4. Jo Peshi filmga ko‘proq tabiiylik berish maqsadida unda bosh rolni ijro etgan Makolay Kalkin undan haqiqatda qo‘rqishi uchun u bilan suratga olish maydonchasida kamroq ko‘rishishga harakat qilgan.

Hattoki, bir marta Peshi bexosdan yosh aktyorni yaralab qo‘ygan. Bu banditlar Kevinni ilgichga osayotgan sahnani olish paytida sodir bo‘lgan. Bu sahnada Peshi Kevinni ilgichga osib qo‘yib, “Men uning barmoqlarini birma-bir uzib olishni xohlayapman” degancha uning barmoqlarini tishlayotgan paytda haqiqatan ham Makolayning barmoqlarini qon chiqqudek darajada qattiq tishlab olgan. 


5. Kevin televizorda ko‘radigan “Nopok qalbli farishtalar” film aslida bo‘lmagan. Bu gangsterlar haqidagi jangari filmning kichik bir lavhasi filmdagi bir necha epizodlarda ishlatish uchun ataylab suratga olingan. 

6. Film deyarli to‘liqligicha Chikago shahrida suratga olingan, Parij shahri aeroporti lavhalari esa aslida Chikagodagi O’Xara nomidagi Xalqaro aeroportda suratga olingan. Samolyotdagi biznes-klass toifasidagi qimmatbaho o‘rindiqlar aks etgan lavhalarning dekoratsiyasi mahalliy maktablardan birining basketbol maydonchasida o‘rnatilgan, shu maktab basseyni esa Makkallisterlar uyining suv bilan to‘lib ketgan yerto‘lasiga o‘xshatib jihozlab suratga olingan. 

7. Darvoqe, filmda Kevinning oilasi turgan uy aslida Illinoys shtatida joylashgan boylar turadigan Uinnetka qishlog‘ining Linkoln Avenyu, 671 manzili bo‘yicha joylashgan. Ushbu uch qavatli uy 2011 yilda 2,4 mln dollar narxda sotuvga qo‘yilgan hamda 2012 yilda 1,585 million dollarga sotilgan. Hozirda uy sayyohlar tashrif buyuradigan diqqatga sazovor joyga aylantirilgan. 

8. Dastavval banditlar roliga aktyorlar Robert De Niro va Jon Lovits taklif etilgan, biroq ular bu taklifni rad etishgan.

9. Makoley Kalkinning ukasi Kiran filmda uxlaydigan o‘rnini doim ho‘l qilib qo‘yadigan Kevinning kichik amakivachchasi rolini ijro etgan. 

10. “Talkboy” markasidagi diktafon film uchun ataylab o‘ylab topilgan, aslida ishlamaydigan bir martalik rekvizit bo‘lgan. Biroq filmning muxlislari unga shunchalik ega bo‘lishni istashganki, bir necha yil o‘tib bu o‘yinchoq diktafon haqiqatda yaratilib, do‘konlar peshtaxtalariga chiqarilgan.

11. Kevinning qo‘rqinchli qo‘shnisi ssenariyning dastlabki nusxasida bo‘lmagan. Uning personaji keyinroq rejissyorning taklifi bilan filmga qandaydir sentimentallik lavhalarini kiritish maqsadida yaratilgan. 

12. Dastavval filmda Kevinni kechki uyquda butun uy yutib yuborishga harakat qilayotgandek tush taqib qilaverishi ko‘zda tutilgan. Biroq filmni suratga olish shundoq ham qimmatga tushayotgani sababli film ijodkorlari faqatgina “yovuz pech” bilan kifoyalanishga majbur bo‘lganlar. Bu pechga tasvirga olish guruhining ikki a’zosi ovoz bergan hamda u leska va fonarlar yordamida harakatga keltirilgan.

13. Ba’zilar filmda Elvis Preslining o‘zi tasvirga tushgan deb ishonadilar. “Rok-n-roll qiroli” aslida o‘lmagan deb hisoblaydiganlarning ko‘pchiligi Kevinning onasi aeroport xodimiga baqirayotgan paytda uning orqasida turgan quyuq soqolli erkak rolini aynan Preslining o‘zi o‘ynagan, deb ishonishadi. 

14. Banditlardan biri Marvin bosib oladigan “shisha” archa o‘yinchoqlari aslida konfetlardan yasalgan. Biroq bu rolni ijro etgan Stern yalangoyoq yurgan sahnalarda har ehtimolga qarshi oyoqlariga rezina nakladkalar kiyib rol ijro etgan. 

15. Makoley Kalkin filmdagi tuzoqlar chizilgan xaritani haqiqatda o‘zi chizib chiqqan. 


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 17389 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Uyda yolg'iz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
gulli5guli Ajoyib! Bu mani eeng sevimli filmim
Like | 0
farrux_ziyo1995 Ajoyib malumotla un raxmat
Like | 0
guli101192 Ha juda zor gap yoq lekin
Like | 0
guli101192 Ha juda zor
Like | 0
Asqr qizqaril malumotlar ekan raxmat
Like | 0
Dilya1983 Ха жуда зур кино, ажойиб янгиликлар у.н рахмат!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное