Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Uyingizni bayramga bezatish uchun 9 tavsiya



1.    Agar uyda archa uchun joy yo`q bo`lsa yoki shunchaki siz archa sotib olishga ulgurmagan bo`lsangiz,  daraxt shohidan archa yasashingiz mumkin. Kattaroq ignabargli daraxtning bir shohini devorga osing-da, istaganingizdek yasatavering.

2.    Uy burchaklaridan ham unumli foydalaning. U erga kichik hajmdagi archani qo`yiib, kichik o`yinchoqlar bilan bezating.

3.    Archa o`yinchoqlaridan faqatgina archani bezatish uchun emas, uyni bezatish uchun ham foydalaning. Dumaloq archa o`yichog`ini yaroqsiz kompyuter diskiga maxsus elim yordamida yopishtiring, so`ng ilgichini olib tashlang. Ichiga yangi yoki sun`iy gullardan solib, stol ustiga qo`ying.

4.    Oshxona derazasiga esa o`z qo`lingiz bilan yasagan yorqin rangdagi qor parchalarini yopishtiring, ignabargli daraxt shohi yordamida bezakni yakunlang.

5.    Uyingizda doimiy osig`lik turadigan zerikarli suratlarga ham Yangi yil quvonchini ulashing. Bu juda oson, shunchaki ignabargli daraxt shoxlaridan surat tepasiga osib qo`ying.

6.    Stol va stullarga ham qizil yoki boshqa rangdagi yorqin tasmadan shunchaki kapalak shaklida boylab qo`ysangiz bas. Shugina bilan e`tiborli uy bekasi ekanligingizga va Yangi yilga hafsala bilan  tayyorgarlik ko`rganingini namoyish etasiz.

7.    Uyingizda zinapoyalar bo`lsa, ularni o`z didingiz va imkoniyatingizga qarab bezating. Nafaqat bolalaringizga,  balki mehmonlaringiz va qo`shnilaringizga  ham Yangi yil kayfiyatini ulashasiz.

8.    Yangi yil Qorbobosiz bo`lishi mumkin emas. Istasangiz, tayyor Qorbobo shakllarini sotib oling yoki o`zingiz yasang. Agar muzlatkichigiz qorday oppoq bo`lsa, ayni muddao. Rangli qog`ozlardan kichkintoyingiz bilan birgalikda Єorboboning ko`zini, burnini, og`zini, sharfini qirqib oling-da, yopishtirib chiqing. Ishonavering, bu sizga ham, bolangizga ham olam-olam quvonch bag`ishlaydi.

9.    Ma`lumki, doim Yangi yil arafasida qor yog`ib, bizni quvontirmaydi. Lekin kuyinmang, axir paxta yordamida sun`iy qor yasab, uydan chiqmay ham qishdan zavqlansak bo`ladi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5897 | Рейтинг: 0| Рейтинг: uy, yangi yil, bayramga bezatish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное