Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Uzbek Tigers’ning kubaliklarga qarshi tarkibi ma`lum



WSB chorak finalida Kubaning Cuba Domadores jamoasiga duch kelgan Uzbek Tigers jamoasi 13 may kuni Samarqandda birinchi janglarni o'tkazadi.

Boks federatsiyasi matbuot xizmati «Kun»ga Samarqandda ringga ko'tariladigan o'zbekistonlik bokschilar nomini ma`lum qildi.

-49 kg: Hasanboy Do'stmatov
-56 kg: Murod Ahmadaliyev
-64 kg: Iqbol Xoldorov
-75 kg: Isroil Madrimov
-91 kg: Sanjar Tursunov

Javob bellashuvlari 19 mayga belgilangan.

Mazkur musobaqa o'zbekistonliklar uchun hisob bo'yicha ikkinchisidir. Bir yil avval Uzbek Tigers debyut mavsumida yarim finalga qadar yetib borgan bo'lib, final ostonasida aynan Cuba Domadores’ga imkoniyatni boy bergandi. Keyinchalik kubaliklar chempion bo'lishgandi.

Agar Uzbek Tigers jiddiy raqibga qarshi ikkitalik jangda g'alaba qozonsa, yarim finalda Italia Thunder - Colombia Heroicos juftligi g'olibiga qarshi ringga ko'tariladi.

Yarim final uchrashuvlari 9-10 va 23-24 iyunga mo'ljallangan. Final 30 iyun va 1 iyul kunlari bo'lib o'tadi.


Manba:kun.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3396 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Uzbek Tigers
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Бизани факат чиройли галабага ишонтириб куйган Узбек Тайгерс
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное