Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Hasanboy Do‘stmatov 2017-yildagi ilk jangida zafar quchdi



Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 3-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib bormoqda.

So‘nggi,  5-jangda eng yengil – 49 kilogrammgacha vazndagi bokschilar o‘zaro jang qildi. Rio–2016 Olimpiya oyinlari chempioni Hasanboy Do‘stmatov hech qanday muammosiz Bator Sagaluyevni taslim qildi. Bu Hasanboy Do‘stmatovning 2017-yildagi ilk rasmiy jangi bo‘ldi.


Oldinroq Uzbek Tigers vakillaridan Abdulhay Shorahmatov (-56 kg), Elnur Abduraimov (-64 kg), Isroil Madrimov (-75 kg) hamda Zuxriddin Mahkamov (+91 kg) rossiyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Yakunda Uzbek Tigers 5:0 hisobida Patriot Boxing Team jamoasini mag‘lubiyatga uchratib,  joriy mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi.

Estatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida ham mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.


Manba:daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 4642 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Uzbek Tigers, Hasanboy Do‘stmatov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Asadbek2002 omad sizga hasanboy dostmatov
Like | 0
asalqiz96 yes
Like | 0
NuR_KR Baakalla Hasanboy
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное