Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Floridada timsoh ayolning qo‘lini butunlay uzib oldi

Kecha, 12 avgust kuni AQShning Florida shtati Uillards qishlog‘ida timsoh suv bo‘yida turgan ayolning qo‘lini butunlay uzib oldi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, 49 yoshli ayol qirg‘oq turib, qo‘lidagi idishni suvga tushirib yuborgan. Uni olish istagida suvga engashgan vaqtida esa kutilmaganda paydo bo‘lgan timsoh unga hamla qilgan va qo‘lini uzib olgan. Zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan ayol ko‘p qon yo‘qotgan. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholashmoqda.
 
Ayni damda nafaqat Floridada, balki AQShning boshqa shtatlaridagi suv havzalarida timsohlarning ko‘payishi kuzatilmoqda. Timsohlarning insonlarga hamla qilishi bilan bog‘liq holatlar ham tobora ko‘p uchramoqda. Shu sababli, mahalliy hukumat aholini suv mavjud bo‘lgan joylarda ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.
 
Shu yilning iyun oyida Florida shtatidagi Disneylend ko‘ngilochar bog‘iga tegishli ko‘l oldida dam olayotgan oilaga timsoh hujum qilgan va bolani suv tubiga olib ketgan. Bolakayning otasi uni himoya qilmoqchi bo‘lgan, ammo uddasidan chiqa olmagan. Oradan bir kun o‘tib qutqaruv xizmati vakillari bolaning jasadini suv tubidan, 2 metr chuqurlikdan topishgan. 
Umida Yakubova


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 8165 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Hasanboy Do‘stmatov, Rio Olimpiadasi, oltin medal
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
kichkintoy96 :'(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное