Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Rio Olimpiadasi. Hasanboy Do‘stmatov oltin medalni qo‘lga kiritdi

Braziliyaning Rio-de-Jeneyro shahrida o‘tkazilayotgan Olimpiada o‘yinlarining to‘qqizinchi kuni O‘zbekiston sportchilari uchun omadli keldi. Kecha, 14 avgust kuni bokschi Hasanboy Do‘stmatov 49 kilogramm vazn doirasidagi bahslarning final bosqichida kolumbiyalik Yuberjen Martines bilan jang o‘tkazdi va g‘alabaga erishdi. U O‘zbekiston uchun Olimpiadadagi dastlabki oltin medalni taqdim etdi. Bundan tashqari, yunon-rum kurashchisi Elmurat Tasmurodov bronza medali uchun qirg‘izistonlik sportchiga qarshi bahs olib bordi va zafar quchdi. 
 
Rio Olimpiadasida medallar jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston 39-o‘ringa chiqib oldi. Mamlakat hisobida hozircha bitta oltin va to‘rtta bronza bor.  Ro‘yxatning birinchi o‘rnida 69ta medal bilan AQSh yetakchilik qilyapti. Undan keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya (38),  Xitoy (45) va Rossiya (30) davlatlari bormoqda
 
Bugun, 15 avgust kuni Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 13 nafar sportchi himoya qiladi:
 
Gerasim Kochnev – (Kanoeda eshkak eshish, saralash) soat 17:08da.

Ruslan Qurbonov – (Yengil atletika, uchxatlab sakrash, saralash) soat 17:30da.
 
Nigina Sharipova – (Yengil atletika, 200 metrga yugurish,  saralash) soat 17:35da.
 
Olga Umaraliyev – (Baydarkada eshkak eshish, 200 metr, saralash) soat 17:59da.
 
Rustam Assakalov – (Yunon-rum kurashi, -85 kg, 1/8 dan boshlab finalgacha) soat 18:00da.
 
Mo‘minjon Abdullaev – (Yunon-rum kurashi, - 130 kg, 1/8 dan boshlab finalgacha) soat 18:00da.
 
Aleksey Mochalov –(Baydarkada eshkak eshish, 1000 metr, saralash) soat 18:00da.
 
Shahobiddin Zoirov – (Boks, nimchorak final) soat 19:45da.
 
Shahram G‘iyosov – (Boks, yarim final) soat 20:30da.
 
Ivan Efremov – (Og‘ir atletika, B guruhi, final) soat 03:00da.
 
Ruslan Nuriddinov – (Og‘ir atletika, B guruhi, final) soat 03:00da.
 
Bektemir Meliqo‘ziev – (Boks,  chorak final) soat 03:00da.
 
Nataliya Asanova–(Yengil atletika, 400 metrga to‘siqlar osha yugurish) soat 05:00da.
Ruslan Sulaymonov


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 6025 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Hasanboy Do‘stmatov, Rio Olimpiadasi, oltin medal
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Ahowaho Hasanboyga rahmat. Bu oltin medalni xuddi men olganday xursand bòldim. Menga òxshaganlar kòp bòlsa kerak. Hasanboyga omad Tokio 2020da ham oltin olishini tilab qolaman. Malades Hasanboy
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное