Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Uzcard SMS-xabarnoma xizmati narxini oshiradi


15-iyuldan Play Mobile kompaniyasining 5800 qisqa raqamdan SMS orqali xabardor qilish xizmati narxi ikki barobarga oshiriladi. Har bir kirish xabarnoma narxi 84,20 so‘mni tashkil etadi, bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi (Uzcard) saytida qilingan e’lon ma’lumotiga tayanib “Gazeta.uz” xabar qiladi.

Hozirda 5800 raqamidan kiruvchi xabar narxi 42,1 so‘mni tashkil etadi. SMS-xabarnoma xizmati abonentlarni Uzcard kartalari orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar: xaridlar uchun to‘lovlar, hisob raqamiga pul o‘tkazish, hisob raqamiga pul tushgani va naqd pul yechib olingani to‘g‘risida xabardor qiladi.

Play Mobile kompaniyasi narxning oshirilishini xarajatlarning oshgani va “iqtisodiy samaradorlik uchun” qimmatbaho uskunalar sotib olingani bilan izohladi.

Xizmat narxi oshirilishi to‘g‘risida may oyida e’lon qilingan, biroq Uzcard ushbu xabarni rad etgan edi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3060 | Рейтинг: 0| Рейтинг: narxini oshiradi, SMS-xabarnoma, Uzcard, xizmati
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное