Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

“Vasvasagen”: Yana ayfonmaniya boshlandi

Apple kompaniyasi iPhone 7 plyusning boshlang‘ich ishlab chiqarilganlarini do‘konlarga joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rayotganidayoq mahsulot butun dunyo bo‘ylab sotib bo‘lingandi. Bu haqda  “Irishtimes.com” xabar bermoqda. Apple’ning yirik o‘lchamli telefonlarini yetkazib beruvchilar butunlay holdan toyishdi va yangicha qora rangli iPhone 7 ham sotib bo‘lindi. 
  
9 sentabr, juma kuni Apple do‘konlariga kirgan mijozlar sayt orqali sotib bo‘lingan mahsulotlarni xarid qila olishmaydi, biroq o‘zlari xohlagan modellari uchun internet orqali buyurtma berishlari mumkin, demoqda Apple vakillari.
 
“Biz mijozlarimizning yangi iPhone’ni sabrsizlik bilan kutayotganlarini chin dildan his qilib turibmiz va uni tezroq qo‘lga kiritishlari uchun bor kuch-g‘ayratimiz bilan ishlayapmiz”,  deydi Apple kompaniyasining axborot xizmati kotibi Trudi Muller. 
 
Yangi gajet ancha avvalgisidan ko‘plab imkoniyatlari bilan farq qiladigan kameraga ega. Quloqchinlarning an’anaviy shakli esa yangi texnologiya sabab o‘zgargan. Kompaniya dastlabki hafta davomida iPhone 7 va iPhone 7 plyuslarni sotuvga chiqarmaydi. Chunki yetkazib beruvchilar zimmasiga olgan talab ko‘payib ketgan. 
 
Bu qaror yangi iPhone sotilishi oldidan Uol-Stritdagi bir qancha odamlar o‘rtasida bezovtalikni keltirib chiqardi. Lekin Amerikadagi Sprint Corp va T Mobile USA uyali aloqa operatorlarining ta’kidlashicha, ular Apple aksiyalarining narxlarini ko‘targan holda ko‘plab boshlang‘ich buyurtmalarni qabul qilishgan.
 
iPhone’ning 5.5 dyumli modeli ham ishlab chiqarilganidan so‘ng juda tez sur’atlarda sotilgan edi. Apple 2014 yil iPhone 6 modelini namoyish qilganidan so‘ng, qoidaga ko‘ra, mijozlar iPhone’ning yangi modellarini rivojlantirish taklifi bilan chiqishdi.  
Muxtorbek Abdullaev


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4658 | Рейтинг: 1| Рейтинг: iPhone 7, Vasvasagen
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное