Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlari tugatiladi - Prezident


Viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlari tugatiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ma’lum qildi.

«Hozirgi vaqtda viloyatlar o‘rtasida yo‘l-patrul postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘zingiz o‘ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo‘lsa, yo‘lda 17 ta postdan o‘tadi. Farg‘ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi», deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida.

«Xorazmdan kelayotgan odam qancha postdan o‘tadi. To‘xtatadi, kecha ichgan boshi og‘riyapti, pul olishi kerak, unga beradi, keyin Samarqand, Jizzax...», dedi prezident.

Shu munosabat bilan viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati stasionar postlari sonini keskin kamaytirish lozimligi ta’kidlandi.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5383 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Prezident, barcha, Viloyatlar chegarasi, tugatiladi, yo‘l-patrul postlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное