Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Vin Dizel «Forsaj-7» suratga olish jarayoni hayotidagi eng og‘iri bo‘lganini ta’kidladi

«Forsaj» filmlari bosh rol ijrochisi va prodyuseri Vin Dizel yaqinda jahon kino ekranlariga chiqqan «Forsaj-7» filmi va yaqin do‘sti aktyor Pol Uokerning o‘limi haqida o‘z firklarini bildirib o‘tdi.
«Bu hayotimdagi eng og‘ir suratga olish jarayoni bo‘ldi. Xuddi Pol yonimizda turgandek. U hamon biz bilandek tasavvur uyg‘onadi. Men maktabni bitirib kinoda rol o‘ynay boshlaganimda ham bunday holatga tushmagandim», deya Dizelning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «7 dney» nashri.
Uzoq tanaffusdan keyin suratga olish jarayoni qayta boshlangach, Vin Dizel qahramoni Jeyson Stethem boshqarayotgan avtomobilni quvib o‘tishi kera bo‘lgan sahna juda ko‘p marotaba qayta suratga olingan. Chunki suratga olish paytida Vin Dizel ko‘z yoshlarini tiya olmagandi.
«Qanaqadir dahshat. Meni qahramonimga umuman mos kelmayotgan kayfiyatda edim. Axir u juda yaxshi kayfiyatda bo‘lishi lozim edi... Shu yili butun umrim davomida to‘kkan ko‘z yoshlarimdan ko‘proq yig‘ladim...», deya vaziyatni izohlagan Dizel.
Eslatib o‘tamiz, filmni suratga olish jarayoni 2013 yilda aktyor Pol Uokerning vafot etishi sababli to‘xtab qolgandi. Oxir-oqibat film ijodkorlari ushbu kartinani oxirigacha suratga olishga qaror qilishgan va bunda Uokerning akasi xizmatlaridan foydalanilgandi.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5951 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Forsaj-7, Vin Dizel
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Durbekjan Klas kino
Like | 0
davvi8111 Дунйони ларзага келтирган филм, з6р кино ,кийнгиларини кутиб коламиз 2017
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное