Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

WhatsApp’da firibgarlikning yangi turi aniqlandi

ESET virus laboratoriyasi WhatsApp messenjerida internet-firibgarlikning yangi turini aniqladi, bunda foydalanuvchilarga videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini ishga tushirish taklif etiladi. Bu haqda “Bigmir.net” xabar bermoqda.
Messenjer foydalanuvchilariga dasturda videoqo‘ng‘iroqlarni ishga tushirish taklifi bo‘lgan xabar kelishi mumkin. “Videoqo‘ng‘iroqlarni hozir ishga tushirish” tugmasi bosilganida foydalanuvchining faolligini tekshirib ko‘rish niqobi ostida saytni WhatsApp’dagi o‘n kishiga yoki beshta guruhga tavsiya qilish sharti qo‘yiladi.
Nashr ta’kidlashicha, WhatsApp’da videoqo‘ng‘iroq funksiyasi 2015-yil oxirida e’lon qilingan, ammo dasturga kiritilganicha yo‘q. Shu tufayli spamerlar firibgarlik saytiga qurbonlarni jalb qilish uchun ushbu mavzudan foydalanmoqda.
Videoqo‘ng‘iroqni amalga oshirishga uringanida, foydalanuvchiga uning ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari eskirganligi haqida xabar keladi.
“Hoziroq yangilash” tugmasi bosilganida esa foydalanuvchi qimmat SMS-servislarga avtomatik ravishda obuna bo‘ladi: bunda har bitta kiruvchi SMS uchun hisobdan pul yechib olinadi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5456 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: WhatsApp messenjer
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
shiriin shuni ham oylab topishibdida
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное