Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Xitoyda 24 ko‘zli g‘ayritabiiy mavjudot topildi
Gonkonglik olimlar 24 ko‘zli kubomeduzalarning yangi turini aniqladi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi. 

Gonkong universiteti olimlari Mei Po qo‘riqxonasida topilgan cnidarian sinfiga mansub zaharli kubomeduzalarning yangi kichik turini topdilar. Tadqiqotchilar uni topilgan joy nomi bilan atashgan – Tripedalia maipoensis. Bu Gonkong va Xitoyda topilgan birinchi quti meduzadir.
Ushbu turdagi meduzalarning ko‘zlari ko‘p, uzunligi taxminan uch santimetr bo‘lgan kichik tanasi va uchta paypasligichlari bor. 24 ta ko‘z oltitadan to‘rtta guruhga bo‘lingan, har bir guruh ropaliumlar deb ataladigan alohida sezuvchan chuqurchada joylashgan. Ular meduza gumbazining turli tomonlarida joylashgan. Guruhda faqat har ikki ko‘z ko‘ra oladi, qolganlari yorug‘likka sezgir. Ushbu meduzalarning paypaslagichlarining uchlari belkurak shaklida. Bu xususiyat ularga boshqa meduzalarga qaraganda tezroq harakat qilish imkonini beradi. Kubomeduzalarning yangi turining tanasi shaffof va rangsizdir.

Bu meduzalar avval Yamayka, Florida, Avstraliya va Hindistonda topilgan kubomeduzalarga o‘xshaydi.

Kubomeduzalar odamlar uchun xavflidir. Ularning zahari halokatli bo‘lishi mumkin. Avstraliyada odamlarga hujamdan himoya qilish uchun plyajlarda maxsus to‘rlar tortiladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1304 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mavjudot, Xitoy, g‘ayritabiiy, topildi, 24 ko‘zli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное