Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoyda havo ifloslanishi rekord darajaga yetib bordi

Xitoyning ayrim hududlarida bugungi kunga kelib havo ifloslanishi darajasi me’yoridan 56 barobarga oshib ketgan. Bu haqda Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotiga asoslangan holdaThe Guardian nashri xabar bermoqda.
Oxirgi yakshanba smog tufayli mamlakat shimoli-sharqida aholi gazniqob foydalanishga majbur bo‘lgan edi. Lyaonin viloyatida oknologik xastaliklar va yurak kasalliklarini chaqiradigan PM2.5 havo zarralarining rekord darajada to‘planishi kuzatildi. Bunday zararli zarralarning tarqalishi qish boshlanishi bilan xitoyliklar uylarini isitish maqsadida ko‘p miqdorda ko‘mir yoqa boshlashi bilan bog‘liqdir.
CCTV davlat telekanalining ma’lumotlariga qaraganda, smog tufayli viloyat poytaxti Shenyanda odamlar 100 m dan narisini ko‘ra olmay qolgan.
“Ko‘chada bo‘lsam, ko‘zim va tomog‘im og‘riy boshlaydi, - dedi telekanlga intervyu bergan mahalliy aholi vakili. – Nima qilishni bilmayapmiz”.
Bu voqealar ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3371 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xitoy, havo, iflos
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное