Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Ishq Jodusi - All I want
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Xoliqovlar oilasidagi to‘y xaqida Sanjar Xoliqov oydinlik kiritdi.


Rashid Xoliqovni xonadonidagi to‘y mavzusini muxokama qilinishini kuzatib, shou-biznes jurnalistlariyu blogerlarini ortda qoldirib boshqa yo‘nalishdagi jurnalistlar artistlarni shaxsiy xayotigacha muxokama qilishga o‘tganidan, jurnalistikamizda asosan ko‘chirib tarjima qilib chop etiladigan xabarlardan zerikishgan ko‘rinadi degan fikr keladi. Negadir shu san’atga daxldor tanqidda ular xamisha nishondan chetini poylashadi va doimo nishonni topmay o‘q uzishgani uzishgan. Natijada "xolostoy" tovush jarangiyu xonandaga esa piar bo‘lgani qoladi.

 

Yo yilda bir artistlarga "osilib" ko‘rib o‘zlariga e’tibor qaratishni xush ko‘rishadimi, xayronmiz. Qani endi muxokamada san’atga doir tarozini to‘g‘ri qo‘yib muxokama qilishsa? To‘g‘riside,.. San’atga qiziqqan, o‘zi ijodkor bo‘lgan odamgina uni ichida bo‘ladi, kuzatadi, biladi, yoritadi va joyi kelsa tanqid xam qiladi.Chunki biladi, sezadi, tushunadi!

Shaxsiy xudud xisoblangan oiladagi to‘yni muxokama qilishni o‘zi noto‘g‘ri emasmi?-degan eng muxim savol qiynaydi shu tobda. Kimni nima ishi bor bir oilaning shaxsiy bayramini qay tarzda o‘tkazishi? Nima bo‘lsa u tanqidchilarning shartta bilib olingan baxonasi bu : "Isrofgarchilik" va maqola balandparvozroq bo‘lsin deb "Prezident tavsiyasiga qarshi!" deb nomlashadi qo‘yishadi. Yaxshiyam bir tavsiya ekan... Farz amalliriyu Payg‘ambar sunnati amallaridek bong urib qo‘yishadi-ey, tavba!))

Bilasizmi, asosan san’at vakillarini keskin tanqid qilish faoliyatim bilan tanish bo‘lsamda, san’atdan yiroq mavzularda yozadigan va tabiiyki o‘sha doirada kuzatib bilganlarini muxokama qiladigan jurnalistlarni naqadar bir yoqlama va shu san’atni ichida bo‘lmay, uni muammosidan bexabar bo‘lib shartta istaganicha chetdan qarab tanqid tuzishi g‘alati ekanini aytmoqchiman. O‘rtoqlar, axir bu noto‘g‘ri-ku!

 

San’at olamidan yetarli ravishda bexabar bo‘lishgani uchunmi, o‘zlarini rasmiy jurnalist deb bilganlarni san’atkorlarga tanqididagi asosiy va qayta-qayta tinmay yozib bilvolishgan shiori bu - ARTIST SOLIQ TO‘LAMAYDI!

Yildan-yilga axamiyat bersangiz, u jurnalistlarni san’atkorlarga bo‘lgan tanqididagi "repertuari" mutlaqo o‘zgarmas. Xammasida bir asosiysi shu "ARTIST SOLIQ TO‘LAMAYDI!"-e’tirozi.

Asosan siyosiy va jaxon yangiliklarini (ko‘chirib yo tarjima bilan) xabarlarni chop etadigan saytlar yilda bir marotaba mashxur xonanda va yoki unga bog‘liq doirada o‘zlariga piar qilish rejalarida bordek tuyuladi goxo...

 

Biroq:

1. Artist soliq to‘lamasligi bu xukumatga aloqador masala! Chiqmagan va belgilanmagan qaror asosida o‘zidan o‘zi artist borib istagan soliqni istagan yeriga to‘lab ketavermaydi, bu elementar narsa! Juda bir artistlarni soliq to‘lmasligi kimnidir qiynasa, bevosita raxbariyatga arz qilsin, "kechalari uxlolmayapmiz, chiqaring qarorni, to‘lashsin-da bular xam!"-deb!

2. San’atdagi soliq deganini SINONIMI bo‘lgan LISENZIYaga artist yiliga 34 milliongacha (kategoriyasiga qarab) to‘laydi, xotirjam uxlang!

 

Ana endi, bevosita Xoliqovlar xonadonidagi to‘y masalasida savollar bilan xonanda Rashid Xoliqovning to‘ng‘ich o‘g‘li, xonanda Sanjar Xoliqovga yuzlanish uchun u bilan bog‘lanamiz.

Sayyod: Oilada katta farzandsiz, nega birinchi ukangizni uylantirishdi?

Sanjar Xoliqov:-Chunki menga xozircha yaxshi kelin topilmadi (kuladi). Ukam Islom esa turmush o‘rtog‘i bilagn 6 yildan beri do‘st bo‘lib, 3 yil oldin sovchi qo‘yilgandi.

 

Sayyod: Internet olamida qaynota va kelinni ko‘rishishini xam muxokama qilishmoqda.

Sanjar Xoliqov:-Ularni oilasi bilan azaldan yaqin bo‘lganmiz, bordi-keldi bo‘lgan va kelinni ota-onam o‘z qizidek ko‘rib kelishgan. Shu uchun ortiqcha muxokamalar o‘rinsiz va noto‘g‘ri. Islom turmush o‘rtog‘ini katta opasi bilan Ispaniyada birga o‘qiydi, xullas oilaviy do‘stlik yilar davomida bo‘lib kelmoqda. Chetdan oilamiz yevropalashgan ko‘ringani bilan to‘ydagi barcha o‘zbekona urf-odatlarni birortasi chetda qolib ketmadi. O‘sha yana bir muxokamalarga sabab bo‘lgan to‘y uchun maxsus "Maxallada duv-duv gap" filmini oilaviy talqiniga kelsak, ota-onam bu filmni yoshlikdan yaxshi ko‘rishadi va "O‘g‘lim, ovqatingni yemaysanmi?" xazilini otamdan bolaligimizdan eshitib kelamiz. Azaldan niyat qilgandilar shu film bilan bog‘liq nimadir qilishni va bu milliy filmimizga doir muxabbatni orzu xavas bilan shaxsiy oilaviy bayram uchun qilinganini yomon joyi bo‘lmasa kerak. Lekin uni internetda biz atay tarqatmaganmiz, bilasizku bugungi davrda xabarlar va ma’lumotlarni sir saqlab bo‘lmaydi, darrov tarqab ketaveradi.

Sayyod: To‘y xashamatli va isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilgan deb keskin tanqid ostiga olinayotganiga nima deysiz?

Sanjar Xoliqov: - O‘zbekchilik degan gap bor, ko‘rpanga qarab oyoq uzat degan. Yurtimizda azaldan aksariyat odamlarni to‘yi shunday o‘tmoqda, nimasi bilan bizni to‘y shu qadar farq qilgani ajablanarli. Otam shuncha yildan beri xalq xizmatida yurgan inson, o‘zlarini o‘g‘illarini xam o‘sha to‘ylardek o‘tkazishga loyiqmasmilar? Xar kim o‘z moliyaviy va orzu xavasiga qarab shaxsiy bayramini imkonicha o‘tkazmoqda. Juda bir dabdabali o‘tgani yo‘q, xammasi o‘zimiznikilar, qarindoshlar, artistlar xam o‘zimizniki o‘zbek estrada xonandalari, agar juda bir shov-shuv qilishga loyiq topiladigan darajada bo‘lsa deylik chet-eldan xonanda xam kelgani yo‘q. To‘yda o‘zim xam kuyladim. Nima xam deyish mumkin, odam yaxshi niyat qilsa bo‘ldi-da! Xamma niyatlar odamni o‘ziga qaytadi, yaxshisi yaxshi bilan, yomoni yomon bo‘lib. Niyatga bog‘liq.

Xoliqovlarning oilaviy bayrami sanalmish shaxsiy xudud tushunchasidagi bu to‘y rosti yurtimizda kunda kunora bo‘layotgan to‘ylardan nimasi bilan shu qadar farq qilganki keskin muxokama bo‘lmoqda , tushunarsiz. Xali qaror bo‘lib chiqmagan va shunchaki tavsiya xaqida aytiladigan bo‘lsa, to‘ydan oldin nog‘ora chalib ne foyda?

Yonimizda to‘yxona bor, deyarli xar kuni to‘y va ko‘chadanoq dekoratsiyani ko‘rsangiz xuddi xozir Shox va Malika kelishi kerakdek. Tavsiyaga quloq solmayapti deyar darajadagi doirada tanqid qilishgacha borgan bo‘lsak unda nega to‘yxonama to‘yxona yurib oddiy xalqni xam to‘ylarini mavzu qilishmaydi? Chunki bilishadi, o‘sha to‘yxonadan bir tepiladi))) Kamiga bu shaxsiy bayramni beruxsat yoritganiga sudga berib xam yutib chiqishadi.

 

Isrof.... Arabistonda non va ovqatlarni axlatga tashlab yuborishlari xaqida bilardim, ammo o‘zbek to‘ylarida ishoning xechnarsa uvol bo‘lmay yig‘ib terib olib ketib supraqoqdidan nariga qolmas darajada bo‘lishini xammamiz bilamizku. Ofisiantlarga urvoq qolmaydigan bo‘lib qolgan aslini olsa, nimasi isrof? Bizga isrof ko‘ringan dekoratsiyami, liboslarmi yo qimmat artistlarmi bu bari o‘sha OILAni shaxsiy ta’bi, orzu xavasi va ko‘targan cho‘ntagi. Og‘iri va og‘rig‘i esa negadir boshqalarda xis qilinadi. Xuddi ular yeb kimdir och qolgandek, qanaqadir xasad bilan maqolalar tuzilayotgandek tuyuladi. Xuddi isrof to‘ylar deb yozayotgan o‘sha odam boy to‘ylarga aloqador qarindoshu va unga ovqat bermay yo taklif qilmay qolingandekmiey...

 

Nima uchun o‘sha jurnalistlar xorij san’atkorlari keladigan to‘ylarni yoritib ISROFni pesh qilib yoza olmaydi?

Chunki bu uchun rosmana jasorat kerak! Tarozini teng ushlang, agar dabdabali to‘ylarni nishonga oladigan bo‘lsanglar, tepadagilar va rosmana boylardan boshlab turib "dux" yetsa yozinglar. Yo eslatib o‘tish shartmikan unday to‘ylarni? U to‘ylar bo‘ladigan xonadon egalarini birgina familiyasidan o‘sha jurnalistlar redaksiyasi bilan inida jim qolishadiyu, osilgani oddiy xonandalar. E qo‘yinglar ey, unaqamasdaaaa...

 

Umumiy qilib aytganda, bugungi kunda bir ikki jurnalistmi yo blogermi, yesa yemasa yillab nomi chiqmaganmi, xullas shu artist orqali o‘ziga bir reklama qilsam deydi, go‘yo. Shunaqa davr keltirdi internet degani. Biri artistni shaxsiyatiga tegib keyin boplab kaltaklanadi va tanqidni xaqorotdan farqini badanidagi og‘riqdan sezadi. Boshqasi kimgadir xavas va yo xasaddan chidolmay portlaydi... Yana kimdir tekin to‘yga aytganiga kelmagan xonandadan o‘ch olsam deydi... Odam o‘zi qiziqqan yo‘lda ijod qilsagina samarali va ortiqcha muammolari yo‘q.

 

Afsuski bu mashxurlik o‘sha "Yashang!" deb na asl xaqiqatdan va na tarozini boshqa tarafidan xabardor bo‘lgan o‘ziga xos sodda qatlam doirasidagina bo‘lsa bordir. Undaylar birdek xamma yerda qarsak chalguvchi bevafo tomoshabin sanaladi. Siz yozsangiz sizga, sizga javoban ustingizdan boshqasi yozsa, unga xam borib chapak chaladi. Odamlarni aksariyatiga chunki emotsiya va shou kerak! Ayniqsa izoxlardagi faollarga. Shu uchunam ular qarsak chalish xuquqida. Ularni qarsagi uchun ishlash niyatida xam mantiq bo‘lmog‘i kerak, nazarimda. Chunki mavzu doirasida aqli yetgan va xammasini ko‘rib bilib turgan qatlam oldida kulguga qolgani qoladi. Ular esa maydalashib izoxda "ura-ura" qilmaydiyam "layk" xam bosmaydi va "e o‘la-a" degani qoladi xolos. Kimning xurmati muxim?

 

Xonandami u boshqa soxa vakilimi o‘ziga nisbatan bo‘lgan tanqid nechog‘liq achchiq bo‘lmasin, agar u xar taraflama xaqqoniy bo‘lgan bo‘lsa, ishoning, bu tanqid uchun sizni yomon ko‘rsayam lekin ich-ichidan xaqiqat uchun sizni xurmat qiladi! Buni yillar mobaynidagi san’at olamidagi oddiy bir bloger xuquqidagi tanqidlarim samarasidan yaxshi bilaman. Vaqt o‘tib buni nechasi yuzimga aytgan.

Yuqorida xam aytganimdek asosan san’at olamini tanqid qilamanu ammo unga noxaq tanqid bo‘lsa chiday olmayman. Borini , to‘g‘risini xaqqoniy ajratib keltirib berish kerak-da!

 

Xullas, to‘ylar bo‘lsin, kimniki qanday bo‘lsayam asosiysi natijasi oilalar ajralmasin! Muximi shu! Baxtli farovon turmush kechirib nabiralarigacha o‘sha to‘ydan shirin xotiralaru orzu xavaslarni ko‘rsatib yengil va baxtiyor entikishsin.

Nimaiki ijod qilmaylik, nimani nishonga olmaylik asosiysi NIYaT toza bo‘lsin, yozilayotganidagi xissiyotlar toza kechsin, manfaatlar bo‘lmasin. Zero sizni tilingiz achchiqligi uchun yomon ko‘rishsa xam ammo, xaqiqat uchun va uning qanday samarasi uchun aniq bilib jon kuydirayotganingiz niyatiga xam avvalo o‘zingizni xurmat qila oling! Qolgani o‘zi xuddi shunday xaqqoniy tarzda sizga yuzlanadi!

 

Tinch va xotirjam uxlang! Xammaga salyut!



Manba:sayyod.com
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9949 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sanjar Xoliqov, to'y
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное