Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Xonanda Jastin Biberning DAIShga aloqasi bor?

DAISh tinch aholi vakillarining qatl qilib, buni videotasmalarga muhrlab, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatdi va videoning bosh qismida AQShning mashhur xonandasi Jastin Biberning ismini xeshteg sifatida ishlatdi.
DAISh tinch aholi vakillarining qatl qilib, buni videotasmalarga muhrlab, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatadi. Bu safar ushbu terroristik guruh qatl qilish bilan bog‘liq videoning bosh qismida AQShning mashhur xonandasi Jastin Biberning ismini xeshteg sifatida ishlatdi. Day.Az nashri bu haqda xabar beradi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, videotasmaning keng tarqatilishi va uni imkon qadar ko‘proq tamosha qilishlariga erishishdir. Axir DAIShning razil va qabih ishlari aks etgan videolavhasini hamma ham ko‘rmaydi, ko‘ra olmaydi.

Videotasmada Livanda 4 kishining qatl qilinayotgani aks etgan.

Aytish lozimki, Jastin Biberning ismi DAISh tomonidan birinchi bor qo‘llanayotgani yo‘q. Avvalgi holatdan so‘ng Jastin Biber o‘zining Tvitterdagi sahifasida uning ismidan foydalanganliklari uchun “Men qo‘rqishim kerakmi?”, – deb yozgan edi.

Albatta, DAISh Jastin Biberning ijtimoiy saytlarda millionlab muxlislariga ega ekanini ham hisobga olgani ko‘rinib turibdi. Aytish kerakki, birgina Tvitter ijtimoiy tarmog‘ining o‘zida uni 74 million kishi kuzatib keladi.

Eslatib o‘tamiz, terroristik guruhlar ma’lum xabar bilan bog‘liq videolavhalarda bunga aloqador bo‘lmagan shaxslar va terminlarni ham ishlatadi. Ular orasida Gollivud, Bollivud kabi so‘zlar ham bor.
Umida Yakubova


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3196 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jastin Biber
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное