Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Jastin Biber Britaniya chartida egallagan birinchi o‘rindan voz kechdi

Pop-xonanda Jastin Biber tinglovchilarga murojaat qilib, o‘zi kuylagan “Love Yourself” kompozitsiyasining o‘rniga Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy xizmatining xori tomonidan rojdestvo bayramlariga bag‘ishlab xayriya sifatida kuylangan “A Bridge Over You” qo‘shig‘ini xarid qilishni so‘radi. Bu haqda Official Charts xabar qilmoqda.
Biber shu yo‘l bilan Britaniyaning xit-paradidagi birinchi o‘rinni shifokorlarning NHS xoriga ta’minlab berishga qaror qildi.
23-dekabr kuni, xit-paradda birinchi o‘rinni egallab turgan Biberga yetib olish uchun NHS xorining qo‘shig‘i yana 662 ta nusxada sotilishi kerakligi ma’lum bo‘ldi. Shundan keyin, kanadalik xonanda o‘zining muxlislariga Twitter’da murojaat qilib, “Bir haftaga birinchi o‘rinda bo‘lmaslik ― tabiiy hol. Keling, to‘g‘ri yo‘l tutaylik va ularning g‘alaba qozonishiga yordam beraylik. NHS xoriga omad”, ― deb murojaat qildi.
Shuningdek, Biber xayriya qo‘shig‘ini xarid qilish va yuklab olish uchun qo‘shiqning elektron manbasini ko‘rsatdi.

Sotilgan qo‘shiqdan tushgan daromadlar Britaniya sog‘liqni saqlash xodimlarini qo‘llab-quvvatlash Fondiga yo‘naltiriladi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3331 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jastin Biber
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Mahzuna2096 Ajoyib! Justin Biber supper qo'wiqchi va yahwi inson.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное