Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Xonanda Lola turmushga chiqdi


Lolaning Instagram`dagi kuzatuvchilari soni 1 millionga yetdi.

Shu munosabat bilan xonanda muxlislariga murojaat qildi,ularga minnatdorchilik bildirdi hamda shaxsiy hayotidagi o‘zgarishlarni ham ma’lum qildi:

"1 million. Qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat sizlarga, do‘stlar! Har doim mening yonimda bo‘lgan, menga ishongan va meni kutadigan barcha muxlislarimga rahmat! Men buni juda qadrlayman! Siz yangi konsertim bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, yangi qo‘shiqlar vafilmlarni qachon taqdim etishim haqida ko‘p so‘raysiz....

Hozir hayotimda shunday davr boshlandiki, hammasiga ulgurish uchun yugurish, shoshishni istamayman, endi hayotda sinib qolmaslik uchun kuchli bo‘lishim talab etilmaydi. Bu davrda men shunchaki yashashni istayman va buni qila olaman... Ertalabki yomg‘irdan so‘ng sayr qilish va qushlarning sayrashiga quloq tutish... Farzandlarim bilan tushlik paytigacha o‘rinda yotish va hech qaerga shoshilmaslik, yaqinlarimni xursand qilish uchun soatlab oshxonada qolib ketish, so‘ng oilam bilan kechki taom ustida sevimli oq vinoni ichish va yangi kitobni muhokama qilish...

Kechasi esa kuchli yelkalarga bosh qo‘yib uxlab, o‘zimni sevimli va rosmana baxtli his etish...Bu daqiqalar bebaho! Mana shu daqiqalar hayot degani! Va u ajoyib!",—deb yozadi Lola.

Lola ayni damda sevgan insoni va farzandlari bilan Moskvada yashamoqda.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11813 | Рейтинг: 0| Рейтинг: turmushga chiqdi, xonanda, Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное