Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Xonanda Lola Yo‘ldosheva elchi etib tayinlandi
Xonanda Lola Yo‘ldosheva 14-16 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan UNESCO'ning “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish” bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasining elchisi etib tayinlandi.

Kecha, 12 oktyabr kuni Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin xonandaga elchilik sertifikatini topshirdi va Lola Yo‘ldosheva tasodifiy tanlov emasligini ta’kidladi.

“Bu tasodifiy tanlov emas, Negaki maftunkor xonandamiz bu vazifa uchun munosib nomzod. Vazirligimiz o‘z faoliyatini boshlagan dastlabki davrda tashkil etgan tadbirlarimizdanoq Lola biz bilan birga. Menimcha Lola bizning vazirlik tizimidagi eng go‘zal va maftunkor qiyofa”, deydi vazir

Uch farzandning onasi bo‘lgan Lola Yo‘ldosheva o‘zining Instagram sahifasi orqali konferensiya elchisi bo‘lish u uchun mas’uliyatli va muhim vazifa ekanini aytdi.

“Do‘stlar, hayajon va quvonch ila sizlar bilan muhim yangilikni bo‘lishmoqchiman. Men UNESCO'ning “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish” bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasining elchisi bo‘ldim. Menga bildirilgan ishonch uchun Maktabgacha ta’lim vazirligiga minnatdorlik bildiraman. Bu men uchun katta mas’uliyat va muhim missiya. Umid qilamanki, yuqori daraja va keng miqyosdagi bunday anjuman kuzatuvchilarimni maktabgacha ta’limning mamlakatimiz uchun alohida ahamiyatga ega ekaniga ishontirishga yordam beradi. O‘zbekiston bu yil global voqealar xaritasida muhim nuqtaga aylandi. Men g‘urur bilan maktabgacha ta’lim sohasi rivojlanishi uchun dunyoga yangi turtki beradigan jamoa a’zosiga aylandim”, deydi u

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, operachi Jenisbek Piyazov Maktabgacha ta’lim vazirining maslahatchisi etib tayinlangandi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2613 | Рейтинг: 0| Рейтинг: etib, elchi, Yo'ldosheva, Lola, tayinlandi, xonanda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное