Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Xotirani mustahkamlash uchun tavsiyalar


Har narsaga bezovta bo‘laverish, stress va asabiylashish xotiraning dushmani! Uni mustahkamlash uchun esa odam o‘z hayoti va bajarayotgan ishidan mamnun bo‘lishi kerak. Quyida, xotira asli nega pasayishi hamda nimalar yordamida uni tiklash mumkinligi haqida bilib olasiz.

Birinchi tekshiruv

Raqamli biror javalni oling. 20 soniya ichida ushbu jadvalga qarang-da, so‘ng ustini yopib, xotirangizda qolgan raqamlarni qog‘ozga tushiring. Agar 10 ta raqamni eslab qolgan bo‘lsangiz, xotirangiz joyida. 5 tadan kam raqam eslab qolgan bo‘lsangiz, xotirangiz pand berdi, hisob.

Nima qilsak bo‘ladi?

Avvalo, hammayoqda – uydan tortib ishgacha tartib o‘rnatish kerak. Kiyim javoni, yotoqxona va oshxona, ishdagi stol va hujjatlar hammasini joylab qo‘yishga odatlaning. Atrofingizda tartib hukm sursa, bosh miyada ham hammasi joyiga tushadi. Keyin shifokorga borib, to‘laqonli tekshiruvdan o‘ting, qon tahlillari va to‘g‘ri tashhis xotira pasayishining asl sababini fosh etadi.

Taomnoma

Bosh miya yaxshi ishlashi uchun odam oqsil va antioksidantlarga boy mahsulotlar iste’mol qilishi kerak. Ular sirasiga: achchiq qora shokolad, yerqalampir, olma, qo‘rda pishgan kartoshka, dengiz karami, pishloq, baliq, yong‘oq, banan va quruq mevalar kiradi.

Sport bilan do‘stlashing!

Miya uchun yangi narsalarni o‘rganish – yangi pishiriq, yangi xobbi, raqs harakatlari, umuman o‘zingizni yangi sohada sinab ko‘rish foydali. Olimlar xotira 60 dan keyin ham pand bermasligi uchun yoshlikdan sport bilan shug‘ullanish, har kuni yarim soat davomida yugurish, hech bo‘lmasa, ertalab 10 daqiqa davomida badantarbiya qilish zarur deyishadi.

Yod oling

Xotirangiz kuchli bo‘lishini istasangiz, oddiy harakatlar – kiyinish, cho‘milish, kalit kabi kerakli narsalarni qidirishni ko‘zni yumib bajaring. Bu ishni uddaladingizmi, asta-sekin uzun matnlarni yodlash, hatto avval qiyin bo‘lgan raqamlarni eslab qolish ancha oson kechadi.

Kuzatuvchan bo‘ling!

Transportda ketayotib, 2-3 odamni kuzating-da, boshqa joyga qarang. Ularning tashqi ko‘rinishida nimalarni eslab qoldingiz, o‘zingizdan so‘rang. Bittasining shapkasi, ikkinchisining soch turmagi, uchinchisining poybzalining rangi bo‘lishi mumkin. Xuddi shu mashqni yana 2-3 bekatdan keyin takrorlang. Ertasiga esa avtobusga chiqqanda kechagi odamning qiyofasini ko‘z oldingizda gavdalantiring.



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5521 | Рейтинг: 0| Рейтинг: uchun tavsiyalar, Xotirani mustahkamlash, Xotira
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное