Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Yagona portalda IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi


Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Yagona integrator UZINFOCOM va «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi» davlat unitar korxonasi, my.gov.uz saytida IMEI bo‘yicha mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

«IMEI bo‘yicha mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish» xizmati jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan avtorizatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilarga ko‘rsatiladi.

SIM-modulli planshetlar, smartfonlar, mobil/funksional telefonlar, portativ qurilmalar (shu jumladan cho‘ntakda olib yuriladigan shaxsiy kompyuterlar), adapterlar, WLAN routerlar, IoT qurilmalari, transport vositalari, elektron kitoblar, aloqa modullari, kompyuterlar, modemlar va olib yuriladigan qurilmalar ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Xizmatdan foydalanganlik natijasi sifatida, mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tganligini hamda O‘zbekiston Respublikasi uyali aloqa tarmoqlarida foydalanilishi mumkin ekanligini tasdiqlovchi hujjatni (PDF-formatda) yuklab olish/chop etish imkoniyati yaratilgan.



Manba:xabar.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3471 | Рейтинг: 0| Рейтинг: IMEI-kod
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное