Munisa Rizayeva - Kuch ... Munisa Rizayeva - Kuch ...
Zohirshoh Jo'rayev - Ol... Zohirshoh Jo'rayev - Ol...
Rayhon - Alda (Video Cl... Rayhon - Alda (Video Cl...
Jahongir Otajonov - Jin... Jahongir Otajonov - Jin...
Bojalar - Mashinam (Vid... Bojalar - Mashinam (Vid...
Yulduz Usmonova - Taral... Yulduz Usmonova - Taral...





Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Klon-soundtreck
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Ayol Qalbi - You can't say
. Alisher Uzoqov - Sevgi farishtasi [soundtreck]
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish kimga qanchaga tushadi?


Ayni kunlarda mobil qurilmalarining IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi keng muhokama qilinmoqda. Har bir fuqaro uchun muhim bo‘lgan ushbu tizim haqida ko‘plab savollar yuzaga kelmoqda. Shuni e’tiborga olib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi IMEI-kod eng ko‘p berilayotgan dolzarb savollarga yana bir bor oydinlik kiritdi. Bu hamma bilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, chunki IMEI-kodlarni bepul ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan muddat tugadi.

1. IMEI-kod kim tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Demak bundan ko‘rinib turibdiki, mobil qurilmani sotib olayotgan fuqaro ro‘yxatdan o‘tkazishi shart emas. Ushbu qurilmaning ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini bilish uchun:

1) UZIMEI rasmiy veb-sayti orqali;

2) 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali;

3) USSD *1170# yoki SMS 1170 so‘rovlari yordamida bilib olishingiz mumkin.

Agar siz sotib olayotgan mobil qurilma ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa bilingki, bu qurilma O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirilgan bo‘lishi mumkin, ushbu ma’lumot asosida siz huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin. IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilangan.

2. IMEI-kod nima?

Mobil qurilmaning 15 xonalik seriya raqami IMEI-kod deyiladi. IMEI-kod SIM-kartalar ishlashini ta’minlovchi barcha mobil qurilmalarda mavjud bo‘lib, SIM-kartaning har bir slotiga alohida beriladi. Agar mobil qurilmada SIM-kartalarning ikki yoki undan ko‘p slotlari mavjud bo‘lsa, ushbu mobil qurilma ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlarga ham ega bo‘ladi.

Demak, agar sizda ikkita SIM-karta bilan ishlaydigan mobil qurilmangiz bo‘lsa, ikkita IMEI-kod olishingiz lozim bo‘ladi.

3. IMEI-kod nimaga kerak?

• Mobil qurilmalarning IMEI-kodi/kodlarini tekshirish orqali sifatsiz, inson sog‘lig‘iga zarar keltiradigan va respublika hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan qurilmalar savdosining oldini olish uchun;

• mobil qurilma yo‘qolib qolgan yoki o‘g‘irlangan holatda uning qidiruv ishlarini tezkor amalga oshirish uchun;

• mobil gadjetlarni qo‘llagan holda sodir etiladigan jinoyatlarni samarali va tezkor fosh etish uchun;

• soliq va bojxona tizimida korrupsiya xavfini qisqartirish uchun.

4. Qurilmaning IMEI-kodini qaerdan bilish mumkin?

IMEI-kod qurilmaning klaviaturasida *#06# buyrug‘ini terish orqali bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ushbu kod qurilmani qutisida, kafolat kartasida va ayrim qurilmalarning batareyasi ostida yozilgan bo‘ladi.

5. Qachon ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?

Qurilma orqali birinchi tarmoq hodisasi sodir etilgandan so‘ng (ya’ni birinchi marta SIM-karta qo‘yilganidan keyin) 30 kun ichida IMEI-kodi ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Hozirda foydalanilayotgan mobil qurilmalarning IMEI-kodi 1 noyabrgacha avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazilgan (tekshirib ko‘rishingiz mumkin).

Demak, mobil qurilmalar tizim operatoriga murojaat qilish orqali:

• 1 noyabrdan 1 dekabrgacha – bepul edi;

• 1 dekabrdan – to‘lov asosida ro‘yxatga olinadi.

Sotib olingan, ammo shu kungacha ishlatilmagan (yangi) mobil qurilmalar taqdiri nima bo‘ladi?

Unday qurilmalarni, afsuski, jismoniy shaxslar endi ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydilar. Yuridik shaxslar esa tizim operatoriga murojaat asosida, kerakli hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng, bunday qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.

IMEI-kod qancha to‘lov evaziga ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

bitta IMEI-kodi uchun BHMdan foiz hisobida:

• import qiluvchi uchun – 20 foiz (44 600 so‘m)

• ishlab chiqaruvchi uchun – 10 foiz (22 300 so‘m)

jismoniy shaxs (rezident) uchun birinchi tarmoq hodisasidan boshlab:

• 30 kun ichida – 20 foiz (44 600 so‘m)

• 30 kun o‘tgandan keyin – 25 foiz (55 750 so‘m)

jismoniy shaxs (norezident) uchun:

• chet el SIM-kartasidan (roumingdan) foydalanilganda – bepul

• mahalliy SIM-kartadan 30 kun ichida foydalanilganda – bepul

• mahalliy SIM-kartadan 30 o‘tgandan keyin foydalanilganda – 20 foiz (44 600 so‘m)

6. Tizim operatoriga qanday murojaat qilinadi?

Buning 5 ta yo‘li bor:

1) uzimei.uz sayti orqali

2) my.gov.uz sayti orqali

3) 1170 raqamiga SMS yuborish orqali

4) *1170# ga USSD so‘rov yuborish orqali

5) Pochta aloqa bo‘limiga yoki tizim operatoriga (Sebzor, 18-A manziliga) shaxsan borish orqali

7. SIM-kartani o‘zgartirganda, IMEI-kodni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish kerakmi?

Yo‘q. IMEI-kod 1 marotaba UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. SIM-karta o‘zgartirilganda IMEI-kodni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinmaydi.

8. IMEI-kod kim tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirgan yuridik yo jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

9. IMEI-kodning holatini qanday tekshirsa bo‘ladi?

1) UZIMEI rasmiy veb-sayti orqali;

2) 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali;

3) USSD *1170# yoki SMS 1170 so‘rovlari yordamida.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 1704 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qanchaga tushadi, kimga, IMEI-kod, ro‘yxatdan o‘tkazish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Загрузка...

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 23:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Javohir Zokirov - Donoman  
. Munisa Rizayeva - Kuch Ber  
. Iroda Dilroz - Kostyum Shim  
. Surxon Guruhi - Jaqala  
. Qilichbek Madaliyev - Yig'ladim  
. Dilnoza Ismiyaminova - Man Man  
. Botir Qodirov - O'zim Aylanay  
. Malika Ravshanova - Ko'zlaring  
. Dilso'z - Alla  
. Yodgor Mirzajonov - Oqibat  
. Ozodbek Nazarbekov - Opa  
. Sharof Muqimov - Popuri  
. Yulduz Turdiyeva - Zorim O'zing  
. Shoxruz (Abadiya) - Aybla  
. Zohid - Lablari G'uncha  
. Bojalar - Mashinam  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Hali Sovchi Kelmagan Qizlar  
. Yulduz Turdiyeva - Zoram Makun  
. Manzura - Daydi  
. Jahongir Otajonov - Jingalamo  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon Guruhi - So'ngi Bor
. Zohid - So'ramanglar
. Jahongir Otajonov - Qaddi Baland (Remix)
. Shoxrux feat. Timur Rakhmanov - Bexabar
. Shahzoda - Yana Yomg'ir
. Shoxrux (Ummon) - Meni Baxtim
. Zohid - Topi
. Shoxruz (Abadiya) - Kecha
. Zohid - Sohibjamol
. Ummon Guruhi - Bag'ishladim