Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Bollivud yulduzlarini to‘yga chaqirish qanchaga tushadi?

Bollivud yulduzlari muxlislari to‘yiga mehmon sifatida tashrif buyurishi, qo‘shiq kuylab raqsga ham tushishi mumkin. Buning uchun katta miqdorda pul to‘lansa, kifoya. Shohrux Xondan tashqari, Ritik Roshan, Kangan Ranaut va Malayka Arora Xonlar ham to‘ylarda chiqish qilishga qarshi emas.

Aktyor va aktrisalar o‘z qadrdonlari to‘yiga tashrif buyurgandek kulib chiqishlari, bir necha daqiqa ishtiroklari uchun qancha haq so‘raydi? Ushbu savolga quyida javob berib o‘tamiz​
Priyanka Chopra

Mahoratli va go‘zal aktrisa to‘yida ishtirok etishini istaganlar, 99 yoki 106 ming dollar to‘lashi kerak bo‘lgan. Lekin Amerikaga kelin bo‘lganidan keyin aktrisa bu kabi marosimlarda qatnashishni bas qilgan.
Katrina Kaif

Katrina Kaifning to‘yga mehmon sifatida qatnashishi uchun bo‘lsa, 120 ming dollar to‘lanishi kerak.
Ritik Roshan

Qoyilmaqom raqs ijro etadigan Ritik Roshan bo‘lsa, bir chiqishi uchun 133 ming dollar talab qiladi.
Salmon Xon​

Salmon Xon o‘ziga belgilagan narxdan, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqoriligini bilsa bo‘ladi. Aktyorning ishtiroki uchun 266 ming dollar to‘lanishi kerak.
Shohrux Xon

Bollivud qiroli Shohrux Xon eng qimmatli mehmon hisoblanadi, yoshlar to‘yiga aktyor tashrif buyurishi uchun 333 yoki 400 ming dollar sarflashiga to‘g‘ri keladi. Lekin bu hammasi emas, BAAda yashovchi juftlik Shoxruh Xonning to‘ydagi ishtiroki uchun 1 067 718 dollar to‘lagan.
Kangana Ranaut to‘yda qatnashishi uchun boshqalarga qaraganda kam — 66 ming dollar so‘raydi. Ranbir Kapur, 99 yoki 133 ming dollar berilsagina ishtiroki bilan muxlislarni xushnud qiladi.
Ammo Karina Kapur, Jon Abraham, Sonam Kapur va Shahid Kapurlar esa qancha pul taklif qilinishidan qat’i nazar, to‘y, tug‘ilgan kun va ziyofatlarda ishtirok etmaydi.


Manba:daryo.uz
Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 12590 | Рейтинг: 1| Рейтинг: qanchaga tushadi, Bollivud, to‘yga chaqirish, Yulduzlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное