Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Kuz ertagi-soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Merlin-Soundtreck
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yagonaning ilk musiqiy albomi taqdimotidan reportaj

6  fevral kuni Toshkentdagi “Next” savdo majmuasida xonanda Yagonaning “Harorat” nomli ilk musiqiy albomi taqdimoti  bo‘lib o‘tdi.
Sal kam uch yildirki shou-biznesda tinimsiz ijod qilib kelayotgan Yagona faoliyatini bundan ancha yillar avval “Zero” guruhida boshlagan edi. Guruh tarqalganidan so‘ng ancha vaqt o‘z yo‘lini topa olmay yurgan xonanda oxirgi vaqtlarda yana tilga tushdi. “Harorat”, “Aldama”, “Sog‘inmabmanmi”, “Olma” kabi qo‘shiqlari tinglovchilar orasida ommalashdi.
Shou-biznes olamida ishlash uchun temirdan tish kerak. Biror xonanda qancha yaxshi qo‘shiq yaratmasin, boshiga omad qushi qo‘nmasa, qilgan mehnati sarobga aylanadi. Yagona ham bir necha yillardan buyon ijod qilyapti. Xonandaning shirali, boshqalarnikiga o‘xshamagan ovozi bor. Biroq mashhurlik borasida u tengqurlaridan ancha ortda. Bugungacha u faoliyat yuritayotgan prodyuserlik markazida Tamila va Amira Alibekova ham ishlab kelayotgan edi. Tamila bilan bog‘liq mojarolar shartnomaga nuqta qo‘ydi. Qiziq, Yagonaning faoliyat yuritayotgan prodyuserlik markazidan ko‘ngli to‘qmi?
Yagona, xonanda: 
— Albatta, ko‘nglim to‘q! Bu prodyuserlik markazi menga ishonib, imkoniyat bergani uchun tashakkur aytaman. Ko‘rib turganingizdek, bugungi taqdimot ham juda chiroyli o‘tdi. Ular bilan hamkorlikda ishlayotganimdan mamnunman.
— Qo‘shiqlarni o‘zingiz tanlaysizmi yoki ular tanlagan qo‘shiqni aytishga majburmisiz?
— Ba’zan o‘zim tanlayman, gohida ular mana bu qo‘shiqni eshitib ko‘r, deb tavsiya etishadi. Biror qo‘shiqni kuylashimdan avval ijodiy guruhimiz bilan maslahatlashamiz. Agar menga yoqmasa kuylamasligim ham mumkin.
Xonandaning ilk musiqiy albomidan 15 ta qo‘shiq joy olgan bo‘lib, taqdimotda shu qo‘shiqlarning bir qanchasi jarang sochdi. Yagonani muxlislari gullar va qarsaklar bilan qarshi olishdi. Xonanda imkoniyati cheklangan ashaddiy muxlisiga musiqiy albomini sovg‘a qildi. 
Fotolar muallifi: "Focus Media"


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3052 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yagona, ilk musiqiy albom
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное