Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » IJARA QO'SHIQLAR [KIM O'GRI]

Xonanda Yagona ham o‘g‘irlik ko‘chasiga kirdi?! “O‘zbeknavo” yana jim

Bugun teleekranlar va radioto‘lqinlarda jarang sochayotgan o‘zbek tilidagi qo‘shiqlarning oradan biroz vaqt o‘tib, xorijdan egizagi chiqib kelishiga ancha ko‘nikib qoldik. Xonandalarning topib olgan gapi esa o‘sha-o‘sha. — Bizda yaxshi bastakorlar yo‘q. — Ovozing yo‘q bo‘lsa, qo‘shiq aytishni bilmasang, yangilik yarata olmasang, san’at deganda ko‘z oldingga qimmatbaho buyumlar to‘ldirilgan xona va to‘y-hashamlar, kazo-kazolar ishtirok etadigan tadbirlar kelsa, qanday qilib aybni birovga ag‘darishing, yana suvdan quruq chiqishing mumkin.
 
Yuqoridagi fikrlarimiz aynan bir xonandaga atalgan emas. Bugun Yaratgan bermagan iqtidorni kompyuterdan axtarayotganlar kam emas.
 
Kuni kecha xonanda Yagonaning “Kasablanka” qo‘shig‘ini juda yaxshi ko‘rib tingladim. MY5 telekanali qo‘shiqqa ishlangan videoklipni bearmon taqdim etmoqda. Qo‘shiq musiqasi raqsbop, so‘zlari esa hamin qadar (aslida bugungi qo‘shiqlardan ma’no qidirish ahmoqlik). Qo‘shiqni bir necha kun tinglab yurdim. Oradan ko‘p o‘tmay, ashulanining xorijdan og‘asi chiqib kelsa deng.
 
Xonanda Yagona ijrosidagi “Kasablanka” qo‘shig‘i Willy William’ning “Ego” nomli qo‘shig‘iga juda o‘xshaydi. To‘g‘ri, Yagona kuylagan qo‘shiq ritmi va aranjirovkasida farqi bor, biroq uni  “Ego”ga o‘xshamaydi, deb aytish juda qiyin.
 
Biz mazkur masala yuzasidan xonandaning fikrini bilish maqsadida uning ma’muriga qo‘ng‘iroq qildik. Go‘shakni ko‘targan yigit bu masalani hal etish vazifasi emasligini, “Qalampir.uz” saytiga kirib ko‘rgach, lozim topsa, javob berishini aytdi. Oradan bir necha kun o‘tgan bo‘lsa ham tahririyatimizga qo‘ng‘iroq bo‘lganicha yo‘q.
 
“Kasablanka” Willy William’ning “Ego” qo‘shig‘idan olingani kundek ravshan bo‘lib turgan bir paytda bu ashulaning qanchalik o‘g‘irlangani haqida mutaxassislardan fikr olib, ularni ovvora qilgimiz kelmadi. Bu borada sizlarning fikringizga tayanamiz. Ikki qo‘shiqni tinglab, o‘zingiz baho bering. Sizningcha, qo‘shiqlar qanchalik bir-biriga o‘xshash? Fikrlaringizni esa izohlarda qoldiring.



Darvoqe, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bir vaqtlar o‘g‘irlangan qo‘shiqlarning efirga berilmasligi haqida qop-qop va’dalar bergan edi. Aytilgan gap majlis zalining o‘zida qolib ketdi, amal qilinmadi, natija ham bo‘lgani yo‘q. “O‘zbeknavo” plagiat masalasiga qachon jiddiy e’tibor qaratarkin? Tashkilotning faoliyati faqat lisenziya berish va uni olib qo‘yishdan iborat, degan tushuncha tobora urchib borayotgan bir vaqtda birlashma jonli ijroni kuchaytirish, plagiat qo‘shiqlarni kamaytirish borasida ham jonbozlik ko‘rsatsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Har holda bizga va oddiy muxlislarga ayon bo‘lib turgan bugungidek holatlarni ular avvalroq payqashi, oldini olishi, choralar ko‘rishi kerak emasmi?  


Категория: IJARA QO'SHIQLAR [KIM O'GRI]
Просмотров: 9805 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: O'g'irlik, Yagona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
hamza1995 Salom Xurmatli saytdoshlar!!
Ho'sh aytinglarchi qo'shiqni nimasi yoqmadi? Kim aytti bu qo'shiqni o'girlangan deb? Shu qo'shiqni willi williyam ni "ego" qo'shig'ni tarjima qilib ko'rdim siz aytayotgan casablanka ummuman to'g'ri kemaydiku ego ga nisbatan. Bilib bilmay. Tuxmat qilish yaramaydi!!!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное