Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

“Yandeks” Android’ning maxsus versiyasini namoyish qildi
Joriy yilning 19-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Yandeks” kompaniyasi o‘zining mobil qurilmalar uchun operatsion tizimini namoyish etdi. Yandex.Kit deb nomlanuvchi bu proshivka Android tizimiga asoslangan, deya xabar beradi Gonzomag.ru sayti. Tabiiyki, yangi proshivka "Yandeks” servislari bilan integratsiyalashgan. Tizimning "uy ekrani” ham Yandex.Shell qobig‘i sifatida taqdim etilgan. Boshqa qurilmalardan kontaktlarni ko‘chirib o‘tkazish uchun Yandex.Pereezd xizmatidan foydalaniladi. Proshivkaga "Yandeks”ning o‘z dasturlari, xususan, brauzer va xaritalar ham kiritilgan. Tizimga dasturlarni Yandex.Store do‘konidan ko‘chirib olish mumkin; Android do‘koni bo‘lmish Google Play’dan Yandex.Kit asosida ishlovchi qurilmalarga dastur ko‘chirib olib bo‘lmaydi. Yandeks.Store do‘konida mazkur proshivka foydalanuvchilari uchun "bonusli hisob” ochiladi. Unga har bir xaridning 10 foizi miqdorida mablag‘ o‘tkazib boriladi. Yig‘ilgan mablag‘larni yangi dasturlar xaridiga ishlatish mumkin. Proshivkada "yagona kirish” tamoyili amalga oshirilgan: foydalanuvchi sozlamalarda o‘zining "Yandeks” tizimidagi logini va parolini kiritsa bas, o‘z-o‘zidan barcha dasturlarda avtorizatsiya amalga oshadi. "Yandeks”ning ta’kidlashicha, mazkur proshivka xorijliklardan ko‘ra ko‘proq rossiyalik va rusiyzabon foydalanuvchilarga mos keladi. Masalan, kontaktlar ro‘yxatida ruscha ismlarning o‘ziga xosliklari inobatga olingan: "Sasha” deya qidiruv berilganida ayni shu ismdan tashqari "Aleksandr”, "Shurik” kabi ismli kontaktlar ham ko‘rsatiladi. Yandex.Kit proshivkasi birinchi bo‘lib Huawei Honor 3 Yandex hamda Explay Flame smartfonlariga o‘rnatiladi. Bu telefonlar shu yil bahorda sotuvga chiqariladi. "Yandeks” kompaniyasi boshqa ishlab chiqaruvchilarni ham o‘zining sheriklik dasturiga qo‘shilishga chorlagan. Android asosida yaratilgan proshivkalar boshqa kompaniyalarda ham bor; masalan, Kindle planshetlarini ishlab chiqaruvchi Amazon’da. Amazon planshetlari Google Play’ga kira olmaydi, ularga moslashtirilgan dasturlar Amazon Appstore do‘konida joylashtirilgan.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2372 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Android, yandex
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное