Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

IPhone ishqibozlari Android tarafdorlaridan aqlliroq ekanligi isbotlandi


Daily Mail saytida ziyraklik bo‘yicha test (A Test of Wits) natijalari aks etgan maqola e’lon qilindi. Ladbrokes brokerlik kompaniyasi buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqilgan mazkur testning o‘ziga xosligi shundaki, uning har bir ishtirokchisi o‘ziga qaysi mobil qurilma ishlab chiqaruvchisi (Apple, Samsung, Nokia, Motorola, Blackberry yoki boshqasi) mahsuloti ko‘proq yoqishini ham ko‘rsatishi lozim. Bu haqda siliconrus.com sayti xabar bergan.

Test atigi yettita savoldan tarkib topgan, ammo ulardan har biriga to‘g‘ri javob bergandan keyingina navbatdagi savolga o‘tish mumkin edi. Aniqlanishicha, o‘rta hisobda olganda, Apple mahsulotlarini yaxshi ko‘ruvchilar savollarga boshqa platformalar ishqibozlaridan ko‘ra tezroq javob berishgan.

Mana, o‘rtacha natijalar quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan:

Apple: 94 soniya

Google: 99 soniya

Samsung: 103 soniya

HTC: 105 soniya

Nokia: 109 soniya

BlackBerry: 118 soniya

Mingdan ortiq kishi ishtirok etgan so‘rovda Blackberry tarafdorlari eng past ko‘rsatkichni namoyon etib turishibdi.

Testdagi savollar taxminan quyidagicha bo‘lgan:

1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar qatorida nechta 9 raqami bor? a) 19 b) 20 c) 9 d) 1 e) 14

Nechta oy tarkibida 28-sana bor? a) 1 b) 12 c) 24 d) 10

Ikkita it va ikkita o‘rdakning oyoqlari jami nechta bo‘ladi? a) 8 b) 10 c) 12 d) 14

Xo‘sh, o‘zingizda ziyraklik darajasi qanday ekan?



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4742 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: iphone, Android
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
199902 1.A
2.B
3.C
Like | 0
olim1988 IPHONE ga qanday muzika yoki klip utqazza buladi
Like | 0
ALLOHYOR пишет: | 05.01.2014 | 15:24 #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует 1. B
2. B
3. C
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное