Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Jumong-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Qirolicha - Soundterck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Merlin-Soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi iPhone’larni yashirin kuzata oladi


AQSh Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) hujjatlarida birovlarning iPhone smartfonlariga to‘la kirishni ta’minlovchi dastur haqida qayd topilgan. Apple esa, MXA bilan hech qanday hamkorlik olib bormaganligini ilgari surmoqda. Bu xususda Germaniyaning Der Spiegel gazetasi e’lon qilgan ma’lumotlarga asoslangan holda tjournal.ru xabar qilmoqda.

Gazeta MXA qo‘lida bo‘lgan, josuslikda ishlatiladigan dasturlar va texnik qurilmalar haqida ma’lumotlarni e’lon qilgan. Slaydlardan birida iPhone ichidagi barcha ma’lumotlarni ola biladigan DROPOUTJEEP dasturi haqida so‘z boradi.

DROPOUTJEEP mobil qurilmaga o‘rnatiladi va uzoqdan turib unda bir qancha amallarni bajarish imkonini beradi: smartfondagi fayllarni olish yoki unga uzatish; SMS-xabarlarni, kontaktlar ro‘yxatini, ovozli pochta yozuvlarini yuklab olish; shuningdek, iPhone joylashgan manzilni, mikrofondagi ovozni, kameradagi tasvirni va boshqa ma’lumotlarni olish. Boshqaruv esa maxfiy tarzda, SMS-xabar yoki GPRS-aloqa orqali amalga oshiriladi.

Mazkur dastur haqidagi slayd 2008-yil yanvar oyiga tegishli; ayni shu davrda Apple smartfonlarining eng birinchi versiyalari endigina sotuvga chiqarilgan edi. Dastur tavsifida, uning keyingi versiyalarida masofadan turib o‘rnatish imkoni bo‘lishi aytilgan.

MXA tasdiqlashicha, u iOS bazasidagi qurilmaga josuslik dasturlarini yuz foiz o‘rnata oladi. Shundan kelib chiqqan holda, mashhur xaker va Tor anonim tarmog‘i asoschilaridan biri – Yakob Appelbaum ham, Apple maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilishi mumkinligini e’lon qilgan.

All Things Digital xabariga ko‘ra, 31-dekabrda Apple, o‘z mahsulotlarida, jumladan, iPhone’larda "qora kodlar” yaratish borasida MXA bilan hamkorlik qilishini rad etgan. Kompaniya, MXA hujjatlarida tilga olingan dastur haqida hech nima bilmasligini  ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh maxsus xizmatlari millionlab xorijlik fuqarolar va davlat rahbarlarini nazorat qilib kelganliklari, telefon muloqotlarini kuzatib borganliklari haqida ham xabar bergan edik.

 Manba:daryo.uz



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5655 | Рейтинг: 1| Рейтинг: iphone
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное