Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Amerikalik qiz cho‘ntagidagi iPhone yonib ketdi

AQShning Men shtatidagi Kennebank shahri maktablaridan birida o‘quvchi qizning cho‘ntagida iPhone 5c smartfoni qizib, cho‘g‘lanib ketgan. Bu xususda Portland Press Herald xabariga asoslanib "RIA Novosti” ma’lum qildi.

14 yashar bu o‘quvchi qizning smartfoni shimining orqa cho‘ntagida bo‘lgan. U stulga o‘tirganida chirsillagan ovozni eshitgan, keyin esa tutun ham chiqqan. Maktab direktorining aytishicha, qiz dastlab vahimaga tushgan, lekin tezda o‘zini qo‘lga olib, sinf bo‘ylab yugura boshlagan. Biroq bundan uning kiyimi alanga olgan, iPhone esa cho‘ntagidan tushib qolgan. Sinfdosh qizlar tezda bolalarni chiqarib yuborib, dugonalariga kiyimlarini yechib olishda yordam berishgan. Qizni kasalxonaga eltishganida, shifokorlar unga ikkinchi darajali kuyish tashxisini qo‘yishgan va tezda zaruriy yordam ko‘rsatishgan.

Mahalliy hokimiyat hozir bu voqeani o‘rganib chiqmoqda. Kennebank yong‘indan muhofaza qilish xizmati xodimlarining taxminiga ko‘ra, telefon cho‘ntakda qiyshayib, korpusi batareyaga tegib, qisqa tutashuv sodir qilgan.

Apple kompaniyasi hozircha bu voqea yuzasidan biron fikr bildirmagan.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4152 | Рейтинг: 0| Рейтинг: iphone
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное