Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Yaponiya gazetasi 5,5 dyuymli iPhone haqida xabar berdi

Apple kompaniyasi xalqaro bozorga o‘zining yangi iPhone smartfonini 2014-yilning sentabrida chiqaradi. Bu haqda 28-mart kuni Yaponiyaning yetakchi gazetalaridan Nikkei xabar bergan, deb yozadi Agence France-Presse.

Nikkei gazetasining yozishicha, iPhone 6 deb nomlanuvchi smartfon ikki xil – 4,7 va 5,5 dyuymlik versiyada taqdim etiladi. Apple kompaniyasi Yaponiyaning Sharp va Japan Display, shuningdek, Janubiy Koreyaning LG Display kompaniyalariga o‘zining yangi iPhone qurilmalari uchun aynan shunday o‘lchamlardagi suyuq kristalli ekranlar tayyorlashga buyurtma bergan. Apple smartfonlarining hozirda bozorga chiqarilgan oxirgi modeli esa 4 dyuymlik ekran bilan jihozlangan.

Avvalroq Tayvan ommaviy axborot vositalari xabar berishlaricha, Apple Taiwan Semiconductor Manufacturing Co. korxonasiga yangi smartfoni uchun mikrosxemalar ishlab chiqarishga buyurtma bergan.

Nikkei’da bu xabar chiqqanidan keyin, 28-mart tongidanoq Yaponiya birjasida Sharp aksiyalari narxi 1,96 foizga oshgan. Kompaniyaning o‘zi esa Apple bilan hamkorligi borasidagi xabarlarga biron izoh bermagan. Odatda, yangi mahsulotining rasmiy taqdimoti o‘tkazilguniga qadar Apple u haqda biron ma’lumot bermaydi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4628 | Рейтинг: 1| Рейтинг: iphone
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное