Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Yangi avlod Chevrolet Malibu 2016 yildan ishlab chiqarila boshlaydi

Yaqinda Chevrolet kompaniyasi Nyu-Yorkda to‘qqizinchi avlod Malibu rusumli sedanining taqdimotini o‘tkazdi. Mashina 2016 yildan boshlab AQShda ishlab chiqariladi.
Yangi Malibu 140 kg “vazn tashlagani” aytilmoqda. Asosiy qismi yuqori mustahkamlikka ega po‘latdan yasalgan kuzov bunga zamin yaratdi. Shuningdek, ayrim konstruksiyalar yupqalashgan, lekin o‘zining xavfsizlik tavsiflarini saqlab qolgan. Mashinaning g‘ildirak bazasi 91 mm ga, gabarit uzunligi 58 mm ga ko‘paygan.
Yangi model gibrid kuch qurilmasi bilan ta’minlangan bo‘lib, uning tarkibiga 1.8 litrli 4 silindrli dvigatel, bir juft elektromotor, 1.5 kVt/soat quvvatiga ega 80 uyali litiy-ion akkumulyatorlari kiradi. Agregatlarning umumiy quvvati 182 ot kuchiga teng. Barcha dvigatel ishlab turganda 100 km ga 5.2 litr benzin sarflanadi.
Malibu’ning texnik ta’minotiga 7 yoki 8 dyuymli sensorli ekran va navigatsiya tizimiga ega MyLink multimedia tizimi, mobil telefonlar uchun simsiz quvvatlantirish moslamasi, orqa ko‘rinish kamerasi, 10ta xavfsizlik yostig‘i, shuningdek, svetodiodli hamda LED-unsurlardan yasalgan chiroqlar kiradi.
Teen Driver tizimi yordamida ota-onalar tezlikni cheklashlari, audiotizimni xavfsizlik kamari taqilguniga qadar ishlamaydigan rejimga qo‘yib qo‘yishlari, shuningdek, harakat yo‘nalishi va tezlik haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi. Tizimni faollashtirish uchun yosh yoki o‘smir haydovchilar foydalanadigan kalit haqida ma’lumotlarni kiritish talab qilinadi.


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 12888 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Chevrolet Malibu, Yangi avlod
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
bekorchi ha yaxshi narxi qancha ekan
Like | 0
original uzbekistonda ishlab chiqariladi deyishgandiku
Like | 0
hasik92 Juda zorku
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное