Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - The Sound of Love
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Choli Qushi-soundtreck
. Zerda - Soundtreck
. Merlin-Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Yangi film: "Ajal jodusi"

23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyida rejissyor Hilol Nasimovning navbatdagi kinofilmining premerasi bo‘lib o‘tdi.Mazkur taqdimotda ko‘plab kino ixlosmandlari, OAV vakillari, kino va estrada  yulduzlari ishtirok etishdi. Mazkur o‘tkir syujetli drama janridagi "Ajal jodusi" kartinasi "O‘zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga asosan "Vatan" kinostudiyasida suratga olindi. 2014 yilning dekabr oyida ishlab chiqarishga tushirilgan mazkur filmni suratga olish ishlari Toshkent viloyatining Chorvoq va So‘qoq hududlarida, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Boshqirdiston Respublikasida amalga oshirildi.

Rejissyor Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan mazkur filmda butun dunyoda jiddiy muammoga aylangan noqonuniy migratsiya va uning oqibatida yuzaga keladigan muammolar – qonunni chetlab o‘tgan holda, xorijiy mamlakatga borib, noqonuniy mehnat muhojiriga aylangan shaxslarning mashaqqatli mehnati, huquqsizlikdagi og‘ir hayoti va ba’zan ayanchli tugayotgan qismati haqida hayotiy misollar asosida, ta’sirchan yo‘sinda hikoya qilinadi.

Dabdabali to‘y qilib, qarzga botgan oila a’zolari jiddiy muammoga duch keladi. Oqibatda ota va uning ikki o‘g‘li pul topish ilinjida mavjud qonun-qoidalarni chetlab o‘tib, noqonuniy tarzda xorijga ishlash uchun yo‘l oladi. Ammo ular o‘zga yurtda huquqsizlikda yashab, ayanchli voqealarni boshdan kechirishga majbur bo‘ladi. Ana shunday sargardonliklar oqibatida otaning umri xazon bo‘ladi. Farzandlar oldida jiddiy muammo ko‘ndalang turardi: qanday qilib otaning jasadini Vataniga olib ketish mumkin? 

Qayd etish joiz, rejissyor Hilol Nasimov bungacha ham ijtimoiy buyurtma asosida diniy aqidaparastlik oqimlarining yashirin faoliyati, ularning aldov yo‘li bilan odamlarni o‘z safiga og‘dirishi, soxta va’dalarga uchib, o‘z Vataniga qarshi qurol ko‘targan hamda oxir-oqibat musofirchilikda azob-uqubatda umr kechirayotgan kishilar, shuningdek, jamiyatimizda hamon uchrab turgan yosh qizlarni erta turmushga berish illati va boshqa dolzarb mavzularda «Aldangan ayol», «Tubanlik», «Odnoklassniki.ru», «Gumrohlar» kabi filmlarni suratga olgan.


Manba:popcorn.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5444 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: 10 mlrd dollar, amerikalik, bir kunda, Besh nafar, boyib ketdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
bonu95 Ha bunday filmlar hozirgi kunda juda kere. :'( Ayni shu muammodan kopciliy aziyat chekkan
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное