Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yangi haydovchilik guvohnomasi qancha turadi?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi qaroriga asosan haydovchilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almashtirish haydovchilar tomonidan pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni taqdim etilganda amalga oshiriladi.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning talonini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun eng kam ish haqining 70 foizi, ya’ni 120 ming 568 so‘m to‘lanadi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab berilishi yo‘lga qo‘yildi.

2018 yilning 31 dekabrigacha eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari yangisiga ixtiyoriy tartibda, 2019 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrga qadar esa majburiy tartibda almashtiriladi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb topiladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6009 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yangi haydovchilik guvohnomasi, qancha
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное