Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Choli Qushi-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Tanho malagim - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Yaponiya hukumati yolg‘izlikka qarshi kurashish dasturini tasdiqladi

Yaponiya hukumati yolg‘izlikka qarshi kurashish dasturini tasdiqladi. Muammoni hal qilish uchun kecha-yu kunduz ishlaydigan konsultatsiya tizimi yaratiladi. Shuningdek, yolg‘iz odamlar muloqot qilishi va ish topishi mumkin bo‘lgan turli platformalarni shakllantirish rejalashtirilgan, deya xabar berdi “Kommersant”.

Yangi dasturga ko‘ra, Yaponiya hukumati yolg‘iz fuqarolarning aniq sonini bilish uchun aholini umummilliy ro‘yxatga olish ishlarini tashkillashtirmoqda. Mamlakat bosh vaziri devonida bu masala bilan shug‘ullanadigan alohida kotibiyat tuzilgan.

Fevral oyida Yaponiyada yolg‘iz aholi masalalari bilan shug‘ullanuvchi vazir lavozimi ham ta’sis etilgandi. Hozir bu lavozimni past ko‘rsatkichdagi tug‘ilish muammolari bo‘yicha vazir bo‘lib ishlagan Seiko Noda egallab turibdi.

 

Yaponiya hukumati mamlakatda pandemiya va o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payishi fonida yolg‘izlik muammosini hal qilishga qaror qilgandi. 2020-yilda 21 ming kishi o‘z joniga qasd qilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 912 kishiga ko‘pdir. Rasmiylarning ta’kidlashicha, muammo, asosan, ayollar orasida kuzatiladi. Yaponiyada o‘z joniga qasd qilish darajasi koronavirus pandemiyasidan oldin ketma-ket o‘n yil davomida kamaygan edi.

Yolg‘izlikka qarshi kurashish vaziri lavozimi Buyuk Britaniyada avvalroq mavjud edi, u 2017-yilda Britaniya hukumatining sobiq rahbari Tereza Mey tomonidan ta’sis etilgan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 835 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hukumati, tasdiqladi, kurashish, dasturini, yolg‘izlikka, qarshi, Yaponiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное