Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Yaponiyada dunyodagi ilk havo displeyi ixtiro qilindi

Yaponiyalik olimlar dunyoda birinchi havo displeyini yaratishdi. Unda qo‘llangan texnologiya insonni sensor qurilmalar zaruratidan ozod etadi, deya xabar beradi Reuters.

Tokio universiteti professori Masatosi Isikava bu haqda shunday deydi: "Biz yaratgan displeyning avvalgi texnologiyalardan asosiy farqi – ko‘rish burchagining ancha kattaligidir. Bundan tashqari, biz interfeysning imo-ishoralarni anglab olish tizimini sezilarli darajada yaxshiladik”.

Havo ekrani – shundoqqina havoning o‘zida tasvir namoyon bo‘lishidir. Bunga svetodiodli maxsus ko‘zgudan qaytadigan yorug‘lik yordamida erishildi. Havo displeyida hosil bo‘ladigan tasvir har qanday burchakdan ham yaxshi ko‘rinadi. Soniyasiga yuzlab kadrlarni suratga oluvchi stereokameralar yordamida bu interfeys imo-ishoralarni tez ilg‘ab oladi.

"Uni boshqarish uchun qo‘lingizda biron nima bo‘lishi shart emas, – deydi professor Isikava. – Shunchaki xonaga kirasiz va muayyan imo-ishora bilan ko‘z oldingizda havoda paydo bo‘ladigan, masalan, kompyuter o‘yinini ishga tushirasiz”.

Olimlarning fikricha, bunday texnologiyaga jamiyat hayotining ko‘plab sohalarida talab bo‘ladi – jarrohlikdan tortib o‘yin industriyasigacha undan foydalanish mumkin. Ixtirochilar havo displeyini joriy yilning oxirida keng ommaga namoyish etishmoqchi, 2015-yili esa ularni seriyali tarzda ishlab chiqarish boshlanadi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4342 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yaponiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Begzodjon Yaponla ixtroda ilgor gapyu
Like | 0
sherali3929 yog'e zorku
Like | 0
mirolim198909 yoge mazza boladikanda omat indeslarga
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное