Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Yaponiya konsuli cheklangan ma’lumotlarini olayotganda qo‘lga tushdi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Yaponiyaning Vladivostokdagi bosh konsulligi konsuli Motoki Tatsunorini josuslikda ayblab hibsga oldi. Diplomat persona non grata deb e’lon qilindi. Bu haqda  xavfsizlik xizmatining Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi. 

“Primorsk o‘lkasi bo‘yicha Federal xavfsizlik xizmati Yaponiyaning Vladivostokdagi bosh konsulligi konsuli Motoki Tatsunorining josuslik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Yaponiya diplomati pul mukofoti evaziga Rossiyaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan biri bilan hamkorligining dolzarb jihatlari, G‘arb sanksiyalari siyosatining Primorsk o‘lkasidagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri to‘g‘risida cheklangan ma’lumotni olayotganda jinoyat ustida qo‘lga olindi”, deyiladi FXX xabarida. 

Razvedka xizmatining ta’kidlashicha, Motoki Tatsunori diplomat maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyati tufayli persona non grata (istalmagan shaxs – tahr.) deb e’lon qilingan va diplomatik kanallar orqali Yaponiya tomoniga norozilik bildirilgan. Ochiq manbalarga ko‘ra, Motoki Tatsunori siyosiy masalalar bo‘yicha konsul hisoblanadi. Xalqaro standartlarga ko‘ra, diplomatlar o‘zlari ishlayotgan davlatda immunitetga ega, ammo dushmanlik harakatlari yoki qonunbuzarlik holatlarida qolish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Vena konvensiyasidan kelib chiqqan holda, qabul qiluvchi davlat istalgan vaqtda yuboruvchi davlatni missiya boshlig‘i yoki boshqa diplomatik mansabdor shaxs persona non grata ekanligi va uning mamlakatda bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida xabar berishi mumkin.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 912 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qo‘lga, tushdi, Yaponiya, olayotganda, konsuli, cheklangan, ma’lumotlarini
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное