Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Yaponiyada “Pokemon Go” bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi

Yaponiya polisiyasi “Pokemon Go” o‘ynayotib avtomobilda ikki nafar keksa yoshdagi ayolni urib ketgan erkakni hibsga oldi. Ayollardan biri, 72 yoshli Yukiko Nakanishi vafot etdi, deya “International Business Times” xabar bermoqda.
 
Polisiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli tokusimalik fermer Kendzi Goo mashinani boshqarayotib smartfonda “Pokemon Go” o‘ynayotganiga iqror bo‘lgan. 
 
Nashrning yozishicha, bu Yaponiyada “Pokemon Go” bilan bog‘liq birinchi o‘lim holatidir.
 
Bundan oldin,  mazkur o‘yin bilan bog‘liq Yaponiyada 80dan ortiq baxtsiz hodisalar kuzatilgan. Masalan, Osakadagi Kinki universitetining talabasi pokemon ovlayotib zinapoyadan yiqilib tushgan va shifoxonaga yotqizilgan.  
Ruslan Sulaymonov


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 8139 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O'lim holati, Pokemon Go, Yaponiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное