Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Yaponiyadagi suv toshqini qurbonlari soni 7 nafarga etdi

O'tgan hafta Yaponiyada tinimsiz yomg'irlar va ular keltirib chiqargan suv toshqinlari sababli qurbon bo'lganlar soni 7 nafarga etdi, deya xabar qildi politsiya bosh boshqarmasi.

Bundan avvalroq esa suv toshqinlari sababli 5 kishining halok bo'lgani, 26 kishining esa bedarak yo'qolgani xabar qilingan edi.

Ibaraki, Miyagi va Totigi prefekturalarida etti kishi halok bo'ldi. O'tgan haftadagi sharros yomg'irlar natijasida 10ta prefekturada 42 kishi turli darajada tan jarohati oldi.

O'tgan haftada Xonsyu oroli sharqi va shimoli-sharqida atmosfera fronti keltirib chiqargan jalalar natijasida bir qancha shaharlarda to'g'onlar buzilib, aholi tumanlari suv ostida qolgan. Meteorologiya boshqarmasi Ibaraki, Totigi va Miyagi prefekturalarida “asosiy xavf” tartibini e'lon qildi. Ayniqsa, Ibaraki prefekturasidagi Dzyoso shahri va Miyagi prefekturasidagi Osaki shaharlari eng ko'p talofat ko'rgan. Tabiiy ofat natijasida 2 kishi halok bo'lgan, 15 fuqaro bedarak yo'qolgan deya e'lon qilindi. 32 kvadrat kilometr maydondagi 11 mingdan ziyod xonadonlar suv ostida qolgan.

Tabiiy ofatga Yapon dengizidagi “Etau” va Xonsyu oroli sharqidagi “Kilo” to'fonlari keltirib chiqargan past atmosfera bosimi sabab bo'lgani aytilmoqda.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2931 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yaponiyadagi suv toshqini qurbonlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Dilso'z пишет: | 15.09.2015 | 00:17 #2 Страница с комментарием
omina1710 Xudoga shukr biz tinch yashayapmiz Uzbekistonda yashayotganimdan xursandman uzoqdagi yaqinlarimiz sog'-salomat yonimizga qaytsin
Like | 0
Nigow771 kundan kunga ofatlar soni ham owvotti
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное