Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Yarim soatda yasash mumkin bo`lgan Yangi yil bezaklari(Foto)
 


 

Katta-yu kichik orziqib kutadigan bayram Yangi yil kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Ko`pchilik yangi yil arafasida uy xonalarini bayramona tarzda bezatishi odat tusiga kirgan. Agar uyingizni noodatiy va hamyonbop tarzda bezatishni istasangiz, quyidagi tavsiyalarga quloq tuting. Biz tavsiya etmoqchi bo`lgan  bezaklarni bir zumda uy sharoitida yasash mumkin. 

Iplardan yulduzchalar
Turli ranglardagi iplardan yasalgan nafis yulduzchalarni archa, qandil, derazaga ilib qo`yish yoki ular yordamida devorni bezatish mumkin.

Ularni yasash juda oson. Buning uchun sizga to`qishda ishlatiladigan istalgan rang va qalinlikdagi iplar, taxtakach va bir nechta kichkina mixchalar zarur bo`ladi.

Archa o`yinchoqlari va ilgichdan gulchambar
Uncha qimmat turmaydigan archa o`yinchoqlari va eskirgan ilgichdan yarim soatda chiroyli gulchambar yasash mumkin. 

Buning uchun sizga bir nechta shar shaklidagi archa o`yinchoqlari (ular turli o`lcham va rangda bo`lgani ma`qul), ingichka sim, archa shoxlari kerak bo`ladi.

Turli rangdagi shapkachalar
To`qish uchun ishlatiladigan iplardan foydalanib, rang-barang shapkachalar yasash mumkin. Ular yordamida esa archa yoki devorlarni bezatish mumkin. Shapkachalarni derazaga yoki qandillarga osib qo`ysangiz ham bo`ladi. Bu bezakni besh yoshdan katta bo`lgan bolalar ham bemalol yasay oladi.

Buning uchun sizga qalinroq qog`oz yoki karton, qaychi, turli rangdagi iplar kerak bo`ladi.

“Qorga ko`milgan shahar” yoritgichi
Bu antiqa yoritgichlarni yasash o`ta oddiy. Buning uchun qog`ozdan shahar aks etgan manzarani qirqib olish va uni banka sirtiga yopishtirib chiqish kifoya. Qog`ozni qirqayotganda unda biroz ortiqcha qism qolishi kerak. U yopishtirish uchun kerak bo`ladi. Banka ichiga sham yoqib qo`ysangiz qor ostida qolgan shahar manzarasi aks etgan yoritgich hosil bo`ladi.

Buning uchun sizga banka, istalgan rangdagi qalin qog`oz (oq rangdagisi ham bo`ladi), sham kerak bo`ladi.

Shuningdek, do`konlarda sotilayotgan “qorli” spreydan sotib olib, banka ustiga sepib qo`yish mumkin.

Yangi yil yoritgichlari
Bu mo`jizani besh daqiqada yasash mumkin. Shunchaki sharlar,archa shoxchalarini to`plash va ularni shaffof, rangsiz stakan ichiga solish kifoya. Ularni yonadigan girlyandalar bilan bezatish kifoya.

Yonib turadigan “burchaklar”
Archa o`yinchog`i orasiga berkitilgan yorqin girlyandalar yonib turgan gulxan yoki kamin ko`rinishini beradi. Ulardan xuddi issiq chiqayotganga o`xshaydi. Bezakni yasash uchun kichikroq savatcha yoki chelak kerak bo`ladi. Archa o`yinchoqlari va girlyandalarni esa topish qiyin emas.

Suzib yuradigan shamchalar 
Yangi yil stoliga o`zgacha ko`rk beradigan bezak. Uni yasash ham juda oson.

Ayniqsa, bunday bezakdan farzandlaringiz zavq oladi. Stakan ichida na`matak, shox yoki limonlar qurshovida suzib yurgan shamlar sizga o`zgacha kayfiyat bag`ishlaydi.

Bezakni archa o`yinchoqlari, apelsin po`stlog`i, tabiiy gullar va barglar bilan ham boyitishingiz mumkin.

Shamlar suzib yuradigan idish sifatida esa likopcha, bankalar, bokal yoki guldonni ham ishlatish mumkin. 

Muzlatgichga yopishtiriladigan qorbobo
Yopishtiriladigan qorboboni yasash farzandlarizga manzur bo`lishi tabiiy. Axir, yirik detalni qirqish 3 yoshli bolanining ham qo`lidan keladida!

Buning uchun aylana shaklidagi qog`oz parchalari, burun va sharf shaklini qirqib olish kifoya. Tayyor detallardan qorbobo shaklini yasab devor yoki muzlatgichga skotya yordamida yopishtirib chiqish mumkin.

Derazalar uchun qor parchalari
Kleylash uchun ishlatiladiagn pistoletni ishlatish uchun yaxshi g`oya! Qor parchalarini oynaga yopishtirish uchun ularni kley surtilgandan so`ng, tekislab chiqishning o`zi etarli.

Buning uchun sizga qor parchasi hosil qilingan qog`oz, pishiriq pishirish uchun ishlatiladigan qog`oz, kley yopishtirish uchun qo`llaniladigan “pistolet” kerak bo`ladi.

Archa-konfetlar
Bayramona archa-konfetlar bilan Yangi Yil dasturxonini bezatish mumkin. Rangli qog`ozdan uchburchaklar kesib oling, ularni skotch yordamida cho`pchalarga yopishtiring hamda archalarni konfetlarga biriktirib chiqing.

Buning uchun sizga istalgan tryufel konfetlari, misvok, rangli qog`oz, skotch, rasmli karton kerak bo`ladi.



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 20817 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi yil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное