Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Yevro-2016 turnirining eng boy futbolchilari. TOP-5

Futbol bo‘yicha 2016 yilgi Yevropa chempionati ayni qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlari yakuniga yetib, 2-tur o‘yinlari start oldi. 
Mazkur turnirda qatnashayotgan futbolchilardan qaysi biri eng ko‘p  daromad olishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Agar yo‘q bo‘lsa quyidagi maqola siz uchun manzur bo‘ladi. 
1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)
Maosh va turli bonuslar: $56 mln
Reklamadan daromad: $32 mln
JAMI: $88 mln
Dunyoga mashhur Forbes jurnalining hisob-kitobiga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu 2016 yilda nafaqat futbolda, balki butun sport olamida eng ko‘p daromad topgan sportchi bo‘ldi. Uning “Real” bilan 2018 yilga qadar mo‘ljallangan kelishuviga ko‘ra, u yiliga turli bonuslar bilan 56 mln dollar ishlaydi. Reklamadagi daromadi esa 32 mln dollarni tashkil etadi. 
Dunyoning eng serdaromad futbolchisi bo‘lgan Ronalduning Yevropa chempionatida hozircha omadi kelmayapti. Dastlabki turda turnir debyutanti Islandiya bilan o‘ynagan Porgugaliya 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ronaldu esa gol ura olmadi. Shunga qaramay, u bizning reytingimizda 1-pog‘onani zabt etdi. 
2. Zlatan Ibragimovich (Shvesiya)
Maosh va turli bonuslar: $30,4 mln
Reklamadan daromad: $7 mln
JAMI: $37,4 mln
Shvesiyalik 34 yoshli “qariya” hamon kuchga to‘la va terma jamoasini marralar sari yetaklashiga ishonadi. Ronaldu singari uning ham Yevro–2016da “oti chopmayapti”. Ilk o‘yinda Shvesiya Irlandiya bilan durang (1:1) o‘ynab qo‘ydi. Ammo aynan Zlatanning xatti-harakatlari evaziga Shvesiya mag‘lubiyatdan saqlanib qoldi.
Ibragimovich yiliga 37,4 mln dollar maosh toradi. Ularning aksariyati ($30,4 mln)PSJ bilan tuzilgan shartnomadan kelgan. Qolgan 7 mln reklama tushumlarini tashkil qiladi. Qayd etish kerakki, futbolchi yozda Parij klubini tark etdi va katta ehtimol bilan “Manchester Yunayted”ga o‘tadi. 
3. Garet Beyl (Uels)
Maosh va turli bonuslar: $24,9 mln
Reklamadan daromad: $11 mln
JAMI: $35,9 mln
Yuqoridagi ikki qahramonimizdan farqli ravishda Garet Beyl mamlakat terma jamoasi safida ancha ishonli o‘yin namoyish qilmoqda. U dastlabki o‘yinda jarima zarbasidan gol kiritib, Slovakiya ustidan erishilgan 2:1 hisobidagi natijaga o‘z hissasini qo‘shdi. 
“Real” hujumchisi dunyoning eng qimmat futbolchisi sifatida qayd etilgan bo‘lsa-da, shaxsiy daromadi bo‘yicha Ronaldu va Zalatandan qolib ketadi. Forbesjurnalining tahliliga ko‘ra, Beylning yillik daromadi 35,9 mln dollardan iborat. 
4. Ueyn Runi (Angliya)
Maosh va turli bonuslar: $20,1 mln
Reklamadan daromad: $6 mln
JAMI: $26,1 mln
Angliya terma jamoasi sardori Ueyn Runi Yevropa chempionatining eng serdaromad futbolchilari orasida 4-o‘rinni egalladi. 30 yoshli futbolchi yiliga 26,1 mln dollar maosh oladi. Shulardan 20,1 mln dollarini “Manchester Yunayted” to‘laydi. Qolgan 6 mln dollar turli reklamalardan keladi. 
Runi Yevro–2016 turnirini omadli boshladi deya olmaymiz. Uning sardorligi ostida Angliya ilk o‘yinda Rossiya bilan durang o‘ynadi. Futbol ishqibozlari esa Angliyadan yaxshiroq natija kutgandi. 
5. Bastian Shvaynshtayger (Germaniya)
Maosh va turli bonuslar: $19,4 mln
Reklamadan daromad: $3 mln
JAMI: $22,4 mln
Germaniya terma jamoasi faxriylaridan biri Bastian Shvaynshtaygerning yillik daromadi 22,4 mln dollarni tashkil qilar ekan. Faoliyatining asosiy qismini “Bavariya”da o‘tkazgan Shvayni o‘tgan yili “MYu”ga kelib qo‘shildi. U yerda ham unga yaxshigina mablag‘ to‘lashmoqda. 
Germaniyalik yarim himoyachi klub bilan shartnomasidan yiliga 19,4 mln dollar olsa, 3 mln dollarni reklamadan topadi.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 8887 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yevro-2016
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное