Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Yevro-2016: Rossiya Slovakiyadan yengildi

Rossiya terma jamoasi Yevropa chempionati doirasidagi ikkinchi uchrashuvni Slovakiyaga qarshi o‘tkazdi. Lill shahridagi "Per Morua" o‘yingohida kechgan bu bahsda ruslar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yinning 32-daqiqasida Slovakiya hisobni ochdi. Hamshik maydon markazidan to‘p oshirish orqali Vladimir Vayssni qulay vaziyatga chiqardi. Vayss jarima maydoniga kirib keldi va bir harakatda ikki himoyachini aldab o‘tib, yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.
Bo‘limning so‘nggi daqiqasida esa Hamshik slovaklarning ustunligini oshirdi. U burchak zarbasidan yo‘llangan to‘pni jarima maydoni chizig‘ida qabul qilib olib, to‘pni kuchli zarba bilan darvozaning uzoq burchagiga yo‘naltirdi - 2:0.
80-daqiqada hisob qisqardi. Shatov chap qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, to‘pni markazga oshirdi  va Glushakov hisobni qisqartirdi.
Rossiya – Slovakiya 1:2
Gollar: 0:1 – 32 Vayss, 0:2 – 45 Gamshik, 1:2 – 80 Glushakov.
Rossiya – Akinfeyev, Berezuskiy, Щennikov, Smolnikov, Ignashevich, Golovin (Mamaev, 46), Noyshtedter (Glushakov, 46), Shatov, Smolov, Dzyuba, Kokorin (Shirokov, 76).
Slovakiya – Kozachik, Shkrtel, Gubochan, Pekarik, Dyurisa, Duda (Nemes, 67), Kuska, Mak (Dyurish, 80), Gamshik, Vayss (Shvento, 72), Pechovski.
Ogohlantirish: Dyurisa (46).


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2344 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Slovakiya, Yevro-2016, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное