Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yigitali Mamajonov Yulduz Rajabova bir-birining savollariga ochiq-oydin javob berdi bir-birining savollariga ochiq-oydin javob berdi




Darakchi” gazetasi yangi yilda yangi loyihalarni taqdim etmoqda. Ulardan biri “Javob bering” loyihasi. Loyihaning ilk mehmonlari esa ekranda bir-biriga juda mos partnyor deb topilgan aktyorlar Yigitali Mamajonov va Yulduz Rajabova bo`ldi. Loyiha shartiga ko`ra ular bir-birlarining savoliga ochiq-oydin javob berishi lozim.

Yulduz Rajabovaning Yigitali Mamajonovga savollari:
— Yigitaliga atalgan savollarim ko`pligidan qaysi biridan boshlashga ham hayronman... 

1.  Oliy o`quv yurtida  birga o`qiganimiz uchun sizni fe`l- atvoringiz, hayotga qarashlaringizni juda yaxshi bilaman. Ammo oradan ancha vaqt o`tdi. Turli vaziyatlarga duch keldingiz. Aytingchi, avvalgi Yigitali bilan hozirgisi o`rtasida nima farq bor?
2.  Hamma bilan tez til topishib keta oladigan, odamshavanda insonsiz, do`stlaringiz ham ko`p. Aytingchi, ular yillar davomida saralandimi? Bugun yoningizda sodiq do`stlar qolganmi?
3.  Jahlingiz juda tezligini yaxshi bilaman. Jahl chiqqanda aql ketadi degan naql bor. Asabiylashganda o`zingizni qo`lga olishni o`rgandingizmi? 
4.  Erkak kishining g`ururiga nima tegishi mumkin? Sizda shunday holat kuzatilganmi?
5.  Yolg`onni kechirasizmi?



“JAHLIMNI JILOVLAY OLAMAN”
Yigitali Mamajonovning javoblari:

1.Fe`l atvorim deyarli o`zgarmagan. Lekin o`sha paytlarda izlagan savollarimga bugunga kelib o`z hayotiy tajribamda javob topyapman. Shuning uchun savolingizga Yigitali Mamajonovning tajribasi ortib boryapti deb javob bersam to`g`ri bo`ladi. 
2.Hayotim davomida davomida hech qachon do`st tanlashga qiynalmaganman. Shuning uchun oldin ham, bugun ham haqiqiy do`stlarim yonimda va men bundan xursandman. Ularni sanab bermayman, barakasi uchadi (kuladi).
3. Jahlimni jilovlashni o`rgandim. Bu  qiyin emas. Chunki quyushqondan chiqsam, oqibati yomon bo`lishini yaxshi bilaman. Jahl insonga emas, shaytonga xos ekanini unutmaslik kerak.
4.G`ururga hech kim tegolmaydi, agar bunga o`sha insonning o`zi yo`l qo`ymasa. To`g`ri, ba`zida adolatsizlik tufayli biroz ranjishimiz mumkin. Bunday paytlarda men irodamni mustahkam qilaman. 
5. Hayotda kechirimli bo`lish kerak. Ammo munosabatlarga yolg`on aralashganini hech qachon unutmayman. 



Yigitali Rajabovning Yulduz Rajabovaga bergan savollari:
 — Aslida, Yulduzga bermoqchi bo`lgan savollarimni shaxsan o`zidan ham so`rashim mumkin. Lekin ushbu loyihada ishtirok etish o`zim uchun ham qiziq bo`ldi. Qolaversa, savollarim orqali uning yaxshi inson ekanligini boshqalarga ham “maqtanmoqchiman”.

1.  Hayot juda murakkab har kuni biz — insonlar o`zimizga savol berib javobini topishga intilamiz. Lekin har doim ham topgan javoblarimizga ko`nikolmaymiz. Ana shunday paytlarda qanday yul tutasiz? 
2.  Ba`zi insonlar juda ishonuvchan bo`ladi, birovlar esa ayyor, kimdir esa kahri qattiq. Yana boshqalari esa hayotga real qarab xulosa chiqaradi. Ular ichida boshqalarga nisbatan ishonchini yo`qotganlari ham yo`q emas. Siz yuqorida aytib o`tilgan toifalarningga qaysi biriga kirasiz?
3.  Hayotda maslahatgo`yingiz kim? Va so`nggi marta kimning maslahatiga ko`ra ish tutdingiz?
4.  Qizlarning haqiqiy do`st  bo`lishi juda  qiyin. Ammo shunday bo`lsa ham ularning do`stlari bo`ladi. Siz o`zingizning chin dugonangiz borligiga ishonasizmi? U haqida gapirib bering. 
5.  So`nggi savolim — siz uchun hayotda eng muhim narsa?



“QIZLAR HAM DO`ST BO`LA OLADI”
Yulduz Rajabovaning javoblari:

1.  Men shu kungacha savollarimga kitoblar, kinofilmlar orqali javob izlab topolganman. So`nggi vaqtlarda esa turli vaziyatlarga duch kelaverganimdan o`zimga o`zim  “Endi nima bo`ladi?” deb  savol beryapman. 
2.  Bilamadim, bu mening kamchiligimmi yoki yutug`im, lekin tabiatan o`zimni juda ishonuvchanman deb bilaman. Hatto hazillashib turgan insonning gapini ham rost deb o`ylab qolishim mumkin. Balki shuning uchun kimdandir xafa bo`lsam, o`z qobig`imga o`ralib, hech kim bilan gaplashmay qo`yaman. Biroq ko`ngilxiraliklarni tez unutaman. 
3.  Hayotda ikkita maslahatgo`yim bor. Biri — onajonim. Har bir ishni boshlashda ham, biror qarorga kelishda ham birinchi bo`lib u onamning fikriga quloq tutaman. Shu bilan birga dugonam va hamkasbim Zara Shirinova. Ularning fikri doim bir erdan chiqqan. 
4.  Qizlar do`st bo`lolmaydi degan fikringizga qarishiman. Faqat ba`zi holatlarda insonlarning o`zi bu nozik tuyg`uga putur etkazib qo`yishlari mumkin. Menga esa haqiqiy do`stlik baxtini tuyish berilgan. Sirdoshim, har qanday vaziyatda suyana oladigan dugonam — Zara borligidan xursandman. 
5.  Bugungi kunda dunyodagi turli vaziyat va voqealarni ko`rib bu hayotda eng muhimi tinchlik ekanini tushunib etdim. Er yuzida yaxshilik va tinchlik hukm sursa, qolgan hamma narsani inson o`zi yaratishi mumkin. 

Faktlar
•  Yigitali va Yulduz hozirgi O`zbekiston davlat San`at va madaniyat institutida kursdosh bo`lishgan. 
•  “Fm Sevgi”, “Sevgi balki bu jannat”, “Oyqiz ertagi” filmlarida sevishganlar rolini ijro etishgan. 
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9075 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yigitali, Yulduz Rajabova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Mohinabonu Mayli men shaxsiy fikrimni bildirsam yoqmasa ming bor uzur, Yigitali aka hamda Yulduz opamdan nafaqat kinolarda hayotda ham chiroyli va baxtli juftlik yaralishi mumkin. Sizlarga omad va yana omad tilayman :p
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное