Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

“Yil imomi-2015” ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Respublikamizda imom-xatiblar faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi globallashuv davrida Vatan ravnaqi yo‘lida xizmatlari hamda xalqimizni buzg‘unchi toifalarning ta’siridan himoyalanishida targ‘ibot ishlarisamaradorligini oshirish maqsadida, har yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida “Yil imomi” ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi. Ushbu an’anaga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjid imom-xatiblari o‘rtasidagi “Yil imomi – 2015” ko‘rik tanlovining yakuniy – Respublika bosqichi 2015 yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘n to‘rt nafar iqtidorli imom-xatiblar qatnashishdi.
“Yil imomi-2015” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi har yilgidanda qiziqarli va murosasiz kechdi. Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 225 ball to‘plagan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi «To‘xtaboy” jome masjidi imom-xatibi Begmatov Isoqjon birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi va O‘zbekiston musulmonlari idorasining birinchi darajali diplomi, kompyuter jamlanmasi va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ikkinchi o‘ringa munosib deb topilgan, Samarqand viloyati Samarqand shahri “Xo‘ja Abdu Darun” jome masjidi imom-noibi Baxriev Qamariddin va Toshkent viloyati Bekobod tumani «Chanoq» masjidi imom-xatibi Buxorboyev Yoqubga O‘zbekiston musulmonlari idorasining ikkinchi darajali diplomi, televizor va boshqa qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
Uchinchi o‘rinlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar «Imom Eshon» jome masjidi imom-xatibi Baxramatdin Razov va Buxoro viloyati Buxoro shahar «Xo‘ja Ismat” jome masjidi imom-xatibi Salohiddin Gadoyev loyiq ko‘rildi va O‘zbekiston musulmonlari idorasining uchinchi darajali diplomi, mikroto‘lqinli pech va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Tanlovda ishtirok etgan boshqa imom-xatiblarga ham O‘zbekiston musulmonlari idorasining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
To‘qqizinchi bor imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur tanlov o‘tgan yillardagidan ko‘ra har tomonlama yuqori saviyada o‘tkazilganligi e’tirof etildi. Tanlovda imom-xatiblarning bilim va salohiyati, notiqligi yildan-yilga o‘sib, takomillashib borayotgani yig‘ilish qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.
Tanlov yakunida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Abdurazzoq Yunusov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i M.Yuldashev o‘zlarining qimmatli tavsiyalari bilan o‘rtoqlashib xususan, imomlar doimiy o‘z ustida ishlashi, izlanishda bo‘lishi va beshikdan qabrgacha ilm talabi bilan yashashning naqadar baxt ekanini ta’kidlab, imom xatiblar uchun zarur bo‘lgan dolzarb ko‘rsatmalarini berdi. Ona Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va dinimiz ravnaqiga yo‘lida qilayotgan xizmatlari uchun tashakkur bildirib, duoi-xayr bilan tadbirga yakun yasadilar.
Muhammadnazar QAYuMOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri
Suratlar: info.islom.uz


Manba:kun.uz
Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 3482 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yil imomi-2015, taqdirlandi, ko‘rik tanlovi, g‘oliblar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
bonu95 Shukurki shunday tinc osuda jannatmakon yurt farzandlarimiz. Baxtimizga ko'z tegmasin. Shunday ajoyib tadbirlar yanada ko'paysin!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное