Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Yilning eng boy aktyori nomi ma’lum bo‘ldi

Forbes jurnali amerikalik aktyor Mark Uolberg 2017 yilning eng qimmat haq olgan aktyori ekanligini ma’lum qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Aktyorlarning to‘liq ro‘yxat 22 avgust kuni nashrning saytida e’lon qilindi. Uolberg bir davomida 68 million dollar ishlab topdi. Mazkur miqdorning asosiy qismini aktyor “Salom, dada, salom Yangi yil!” va “Transformerlar: So‘nggi risar” filmlaridagi rollari uchun olgan.

“Malibu qutqaruvchilari”, “Jumanji” filmlari va “Futbolchilar” serialidagi rollari uchun 65 million dollar olgan, Qoya laqabli aktyor Dueyn Jonson ikkinchi o‘rinni egalladi.

Uchinchi o‘rin 54,5 million dollar bilan Vin Dizelga nasib qildi. “Forsaj”, “Uch iks” va “Galaktika qo‘riqchilari” filmlari orqali u yuqoridagi mablag‘ga ega bo‘ldi.

Birinchi o‘ntalikka Adam Sendler (50,5 million dollar), Jeki Chan (49 million dollar), Kenja Robert Dauni (48 million dollar), Tom Kruz (43 million dollar) va uch nafar Bollivud aktyorlari — Shohrux Xon (38 million dollar), Salmon Xon (37 million dollar) va Akshay Kumar (35,5 million dollar) kiritildi .

Eslatib o‘tamiz, 16 avgust kuni Forbes 28 yoshli Emma Stounni 2017 yilning eng qimmat aktrisasi, deb e’lon qilgan edi. U yil davomida 26 million dollar ishlab topgan.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 8075 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yilning, nomi ma’lum bo‘ldi, eng boy aktyori
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное