Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Qaqnus - Mal De music
. Ishq Jodusi - All I want
. Pazanda - Soundtrack
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Merlin-Soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Hijriy 1444 yilning ilk kunida Ka’bapo‘sh yangilandi


Hijriy 1444 yilning ilk kunida Ka’bapo‘sh yangilandi

Hijriy hisobda yangi 1444 yil kirib kelishi munosabati bilan joriy yilning 30 iyul kuni “Ka’bapo‘sh – Kisva” (Ka’baning yopinchig‘i) almashtirildi. Bu haqda Saudiya Arabistonining Ikki Muqaddas Haram masjidlari rahbariyati idorasi ma’lum qildi.

Mazkur yillik tadbirda Ikki Muqaddas Haram masjidlari idorasi rahbari, shayx Abdurrohmon As-Sudays boshchiligidagi 166 nafar texnik xodimlar va hunarmand ishtirok etgan.

Podshoh Abdulaziz nomidagi “Ka’bapo‘sh – Kisva” majmuasida turli bo‘limlarda, jumladan, bo‘yash va avtomatik to‘qish, qo‘lda to‘qish, bosmalash, tikish va yig‘ish bo‘limlari hamda Ka’ba kamari va oltin bo‘limida 200 ga yaqin hunarmand va ma’murlar mehnat qilgan. Tikuv ustaxonasida uzunligi 16 metr bo‘lgan, kompyuter tizimi bilan ishlaydigan dunyodagi eng uzun tikuv mashinasi joylashgan.

“Ka’bapo‘sh – Kisva” tayyorlanish jarayonida qora rangga bo‘yalgan 670 kg xom ipak, 120 kg oltin sim va 100 kg kumush simdan foydalanilgan.

Ma’lumot uchun, hijriy 1444 yil milodiy hisobda joriy yilning 30 iyul kuni boshlandi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 636 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yilning, 1444, ilk, Hijriy, yangilandi, kunida, Ka’bapo‘sh
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное