Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yo‘lovchilar ham endi xavfsizlik kamarini taqishi shart

Yangi tahrirdagi "Yo‘l harakati qoidalari"ga  15 ta qo‘shimcha kiritildi. Ularning ayrimlari haqida avvalroq xabar bergandik.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliev mazkur Qoidalarda haydovchilarga bir qator muhim majburiyatlar ham yuklatilganligini aytib o‘tdi.
- Endilikda haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo‘lovchilarni harakat vaqtida tanani(qo‘lni chiqarish bunga kirmaydi) avtomobil salonidan tashqariga chiqarish mumkin emasligi haqida ogohlantirishi shart. Xuddi shu talab qoidaning yo‘lovchilarga tegishli 24 bandiga ham qo‘shimcha qilindi. Bilasiz, so‘nggi vaqtlarda, ayniqsa, to‘y tantanalarida tanasini tashqariga chiqarib video tasvirga olayotganlar tez-tez uchrab turardi. Bu esa harakatlanish xavfsizligiga jiddiy raxna soladi. Shu sababli mana shu o‘zgartirish kiritildi. Bundan tashqari haydovchi yo‘lovchilarga xavfsizlik kamarini taqib olish shartligini aytishi shart.
Avval xabar berganimizdek 1 martdan e’tiboran har bir transport vositasida nur qaytaruvchi maxsus nimchalar bo‘lishi shart, turar joy dahalarida transport harakatini tartibga solib, ko‘p qavatli uylar orasida aholi xavfsizligini ta’minlash uchun yuqori tezlikni soatiga 30 kilometr qilib belgilab qo‘yilgani, shuningdek haydovchilarni ogohlantirish uchun «Foto va videofiksatsiya» axborot-ishora belgisi ham joriy etilgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 24 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan imzolangan qarorga asosan mamlakatimizda 2016 yilning 1 martidan boshlab bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganyangi tahrirdagi "Yo‘l harakati qoidalari" amalga kiritiladi,


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5053 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yo‘lovchilar, xavfsizlik kamari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное