Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yodgor Sa’diev xonanda Hojiakbar Haydarovdan ranjiganini aytdi

Avvalroq, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev bilan “Qalampir.uz” sayti uchun intervyu uyushtirilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur suhbatda Yodgor Sa’diev hayoti davomidagi topishlar va yo‘qotishlar, turmush o‘rtog‘ining vafoti, u bilan o‘tkazgan yillari, armonlari haqida gapirdi. Suhbat chog‘ida hamkasblari va yosh aktyorlarning faoliyatiga to‘xtalgan Yodgor Sa’diev O‘zbekiston xalq artistlari Tesha Mo‘minov, Erkin Komilovning xonanda Hojiakbar Haydarovning “Do‘lana” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipidagi bachkana raqslari haqida fikrini bildirdi.
 
— Sizningcha, kliplarda raqs tushib yurgan aktyor teatr sahnasida Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur kabi rollarni o‘ynashi mumkinmi?
— Nega mumkin emas? Gap u tomoshabinni qanchalik ishontira olishida ketyapti. Agar ishontira olsa, kechagi raqsi unut bo‘lib ketadi. Erkin Komilov do‘stim bo‘lmagan taqdirda ham shu gapni aytgan bo‘lardim. Chunki professional aktyor har qaysi rolda o‘zini sinab ko‘rishi kerak. Agar talabni siz aytgan yo‘sinda qo‘yadigan bo‘lsak, “Kelinlar qo‘zg‘aloni”da muxbirni o‘ynagan aktyor Mirzo Ulug‘bekni o‘ynashi mumkinmi?”, degan savol o‘rtaga chiqadi. Menimcha, Erkin Komilov ham, Tesha Mo‘minov ham O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Haydarovning hurmati uchun o‘sha klipda suratga tushishga rozi bo‘lishgan.
 
— Klipga sizni taklif qilishganida rozi bo‘larmidingiz?
— Yo‘q, shu vaqtgacha o‘z prinsiplarimga qarshi borgan emasman. Klip va reklamalarga tushish uchun juda ko‘p takliflar bo‘lgan, biroq rad etganman. Falon million so‘mni deb tomoshabinning ishonchini suiiste’mol qilgim kelmaydi.
 
 
Yodgor Sa’diev mazkur qo‘shiq va klip haqida o‘z firini bildirar ekan, qo‘shiqni buzib kuylagani uchun xonanda Hojiakbar Haydarovni ham ayab o‘tirmadi.
  
“Nuriddin Haydarovning qo‘shig‘i haqida gap ochilganda dilimdagilarni aytib olsam. Ochig‘i, men bu qo‘shiqni juda yaxshi ko‘rardim. Nuriddin Haydarovning o‘g‘li otasining qo‘shig‘ini bu alfozda aytib chiqqanidan ranjidim. U otasining an’analarini saqlab qolishi, qo‘shiqni buzmay aytishi kerak edi. “Do‘lana” bunday holatda aytiladigan qo‘shiq emas. Akam, O‘zbekiston xalq artisti Hayrulla Sa’diev qo‘shiq aytishni bilmas edilar. “Do‘lana” qo‘shig‘i chiqqan kezlari atayin qo‘shiq aytishni o‘rganib, “Do‘lana”ni ijro etgandilar. Bitta qo‘shiq nimalarga qodir ekanini ko‘ryapsizmi? Bu qo‘shiqda qanchadan-qancha avlodning xotiralari qolgan”, deydi Sa’diev.
 
Suhbatning to‘liq shaklini birozdan so‘ng “Qalampir.uz” saytida o‘qishingiz mumkin
.
Qamariddin Shayxov
Suratlar muallifi: Bekzod Mirsodiqov (Aslzod)


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7918 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Yodgor Sa’diev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное