Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yodgor Sa’diyev va Zokir Almatov umra safarida bo‘lishdi


O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev hamda sobiq Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov kichik haj – umra safarida bo‘lishdi. Bu haqda “Imkon shou” boshlovchisi Ahror Qo‘shmatov Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lum qildi va ularning safardagi rasmini joyladi.
 
Ma’lumot uchun, Almatov Zokir Almatovich 1949 yil 10 oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1991 yildan 2006 yilgacha O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2006 yil 5 yanvarda iste’foga chiqqan. 2016 yil 20 dekabrdan O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasi raisi sifatida ishlab kelmoqda.
 
O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Shaytanat” serialidagi Asadbek roli bilan mashhur bo‘lgan. U 1946 yil 12 iyunda Toshkentda tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi.
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3742 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Zokir Almatov, Yodgor Sa’diyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное